Ichki sekresiya

Ichki sekresiya – organizmda- gi har xil a’zo va to’qimalarning qonga yoki to’qima suyuqligiga maxsus moddalar ishlab chiqarishi. Odatda, IX. bezlari (endokrin bezlar) deganda maxsus fizio- logik faol moddalar — gormonlarni sintezlab, organizmning bevosita ichki muhiti — qon va to’qima suyuqlig’iga chiqaruvchi bezlar tushuniladi. I.s. bezlariga gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez yonidagi bezchalar, buy- rak usti bezlari, me’da osti bezining orolcha (Ink-retor) qismi, jinsiy bez- larning bir qismi, shuningdek, epifiz (g’urrasimon bez), ayrisimon bez (ti- mus) kiradi. I.s. bezlarining hammasi bir-biriga chambarchas bog’liq bo’lib, yagona funktsional sistemani tashkil etadi, uning faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi. Gipofiz I.s. bezlari ora- sida alohida o’rin tutadi. I.s. bezlari- dan chiqadigan gormonlar organizmning turli a’zo va sistemalarini bir-biriga bog’laydi, organizm funktsiyalarining gumoral yo’l b-n (suyuqliklar vositasi b-n) boshqarilishida qatnashadi. I.s. bezlarining asosiy vazifasi moddalar almashinuvi, o’sish, jismoniy taraqqiyot va balog’atga etishni boshqarishdan ibo- rat. Organizmning o’zgarib turadigan tashqi va ichki muhit sharoitiga mos- lashuvida I.s.ning ahamiyati katta. Mas, gavda t-rasining refleks yo’li b-n boshqarilishida gipofiz va qal- qonsimon bezdan chiqadigan gormonlar miqdori o’zgarib turadi. Organizmga infektsiya, intoksikasiya (zaharlanish), shikastlar, og’riq ta’sir etganda, kishi hayajonlanganda va shunga o’xshash hollarda buyrak usti bezlari, gipofiz va qalqonsimon bez tegishli gormonlar- ni ko’proq chiqaradi; ayni vaqtda, modda- lar almashinuvi kucha-yib, yurak urishi tezlashadi, shikastlar yoki intoksikasiya ta’sirida qon bosimi ko’tariladi va or- ganizmning boshqa bir qancha funktsiyasi faolla-shadi, bularning hammasi orga- nizmning o’zgargan sharoitga moslashu- viga yordam beradi. I.s. bezlari garchi bir-biriga ta’sir etsa ham, biror bez- ning ko’proq zararlangani haqida fikr yuri-tishga va uning kasalligi haqida ga-pirishga imkon beradigan muayyan sim-ptomlarni ajratish mumkin. Mas, gipofizning oldingi bo’lagi etarli ish- lamaganda bo’y o’smaydi, odam ozib ke- tadi (kaxeksiya); gipofizning orkadagi bo’lagi etarli ishlamaganda qandsiz dia- bet, oldingi bo’lagi kasallanganda gigan- tizm va akromegaliya ro’y beradi va h.k. Buyrak usti bezlari po’stloq qavatining funktsiyasi buzilganda bronza kasalligi, ayollarda shu qavat gormonlaridan biri ortiqcha hosil bo’lganda virilizm ro’y beradi. Buyrak usti bezlarining mag’iz qavati zararlanganda adrenalin ko’p ishlanib chiqishi tufayli qon bosimi dapqir-dapqir ko’tariladi, gavda t-rasi o’zgarib turadi, qonda qand ko’payadi (giperglikemiya). Me’da osti bezining orolcha (inkretor) qismi insulin gormo- nini kam chiqarganda qandli diabet pay- do bo’ladi. Qalqonsimon bezning ortiqcha ish- layotganligi diffuz toksik buqoqda, kam ishlayotganligi esa miksedema va endemic buqoqda namoyon bo’ladi. Qal-qonsimon bez yonidagi bezchalar etarli ishlamagan- da kaltsiy va fosfor almashinuvi, Ji- garning zaharlarni za-rarsizlantirish funktsiyasi buziladi, natijada tetaniya ro’y beradi. I.s. bezlarining kasalliklarini endokrinolog vrach davolaydi. Bemorga gormonal preparatlar, rentgenotera- Piya, operasiya, parhez, fizioterapiya va iqlim bilan davolash buyuriladi. Ad.: Qodirov U. 3., Odam fiziologiya- si, T., 1996; Ahmedov N. K., Normal va patologik anatomiya bilan fiziologiya, T., 1990; Klinicheskaya endokrinologiya: Rukovodstvo dlya vrachey / Pod. Red. Star- kovoy N. T., M” 1991.