Ichki mehnat tartibi qoidalari
Ichki mehnat tartibi qoidalari — O’zRda ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchilarning birga- likdagi mehnatini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjat. I.m.t.q.ning asosiy maqsadi xodimlarni mehnatga ongli munosabatda bo’lish ruhida tar- biyalash, mehnat intizomini yanada mustahkamlash, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, ish vaqtidan oqilona foy- dalanish, yuqori ish sifatiga erishish. mehnat unumdorligi va i.ch. samaradorli- gini oshirishdan iborat. Hoz. kunda amal qilib kelayotgan bunday me’yoriy hujjat O’zR mehnat vazirligi tomonidan 1996 y. 2 apr.da tasdiqlangan, u idoraviy man- subligi, mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar xodimlari uchun namunaviy I.m.t.q. deb ataladi va ish beruvchilar hamda xodimlar uchun majburiy qridalarni o’z ichiga oladi. Namunaviy I.m.t.q. asosida vazir- liklar va idoralar tegishli Markaziy (respublika) kasaba uyushmalari qo’mi- talari b-n kelishib, xalq xujaligining muayyan tarmog’i xususiyatlariga tatbiqan tarmoqlarning I.m.t.q.ni ishlab chiqadi. Korxonalar, tashkilotlar, muassasa- lardagi I.m.t.q. ham mazkur namunaviy I.m.t.q. asosida ish sharoiti hisobga olingan holda tuziladi va ish beruv- chi tomonidan kasaba uyushma qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari b-n kelishib, tasdiklana- Di. Tarmoq va korxonalarning I.m.t.q. O’zbekiston mehnat kodeksi qamda na- munaviy I.m.t.q.ga va mehnat haqidagi boshqa me’yoriy huj-jatlarga xilof bo’lishi mumkin emas. Xodim ishga qabul qilinayotganda ish beruvchi uni mazkur qoidalar b-n tanishtirmog’i shart.