Itterbiy

Itterbiy (lot. Ytterbium), Yb men- deleev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element, lantanoidlarga kiradi. Tartib rakami 70, at. m. 173,04. Tabiiy I. 7 ta barqaror izotopdan tash- kil topgan. 168Yb (0,14%), 17°Yb(3,03%), 171Yb(14,3%), 172Yb(21,82%), mYb(16,13%), 174Yb(31,84) va 176Yb (12,73%). Birikmalarda 2,3 valent- li, atom radiusi 0,193 nm, ion radi- usi (qavslarda koordinasiya sonlari ko’rsatilgan) Yb3+ 0,101 nm (6), 0,107 nm (7), 0,113 nm (8), 0,118 nm (9), Yb2+ 0,116 nm (6), 0,122 nm (7), 0,128 nm (8). 1978 y. da shved kimyogari J. Marinyak Shve- tsiyaning Itterbyu (Ytterby) qishlog’ida tarkibida I. bo’lgan element topganligi uchun bu yangi elementga I. nomi beril- gan. I. — siyrak element, er po’stidagi miqdori massa jihatidan 3,3-10~5%, dengiz suvlarida esa 5,2-10~7 mg/l ni tashkil etadi. Nodir elementlar b-n bir- galikda bastnezit, monasit, fergyusonit, ksenotim, gadolinit va b. minerallar tarkibida uchraydi. I. — oqish kulrang metall. Zichligi 7,02 g/sm3. Suyuklanish t-rasi 824°, qaynash t-rasi 1211°, bri- Nell bo’yicha kattikligi 343 MPa. Havo ta’sirida sekin, 400° da tez oksidlanib, oksid va karbonat aralashmasini hosil qiladi. Mineral kislotalar b-n xona t-rasida reaktsiyaga kirishadi. Issiq suvda havo ta’sirida sekin oksidlanadi. Qizdirilganda galogenlar b-n birikadi. I. (P)-oksid Yb2O3 — kub Pan-Jarali rangsiz kristall modda. Zichligi 9,213 g/sm3 5000 MPa bosim ostida 823 K da monoklin modifikasiyagao’tadi. Zichli- gi 10,00 g/sm3. I.ning oksalat, nitrat va b. tuzlarini 800— 1000° da parchalab olinadi. Maxsus keramik mahsulotlar, lyuminoforlar olishda qo’llaniladi. I. boshqa Nodir elementlar b-n aralashmada po’lat uchun kaytaruvchi va modifikator sifatida ishlatiladi.