Iudaizm, yahudiylik

Iudaizm, yahudiylik — asosan, yahudiylar o’rtasida tarqalgan eng qad. dinlardan biri. Mil. AV. 1ming yillik boshlarida Quddus (Falastin)da vujudga kelgan. Arabiston ya. o.ning shimolida ko’chib yurgan yahudiy qabi- lalari mil. AV. 13-a.da Falastinni bo- sib oldilar va mil. AV. 10-a.da Isroil — Yaxudiya davlatini tuzdilar. I. ana shu qabilalarning diniy urf-odatlari va Falastin xalqparining ayrim e’tiqodlarini o’zida mujassamlashtir- gan. I. nomi Yahudo (Iuda) kabilasining nomidan olingan. Dastlab I. ko’pxudolik (politei- stik) dini bo’lgan. Mil. AV. 10-6-a. larda I. yakkaxudolik (monoteistik) dinga aylangan. Olamni yaratuvchi Xudo Yaxvega e’tiqod qilish, Yaxve va yaxudiy- lar o’rtasidagi ahs (shartnoma)ga shak keltirmaslik, yahudiylar Xudoning mum- toz bandalari ekaniga, Muso (Moisey) ning payg’ambarligiga va unga ilohiy kitob Tavrot yuborilganligiga, narigi dunyoga, Mahdiy (messiya)ning kelishi- ga, oxirat kuni barchaning tirili-shiga, jannat va do’zaxga, gunohkorlarning ja- zolanishi va savob ish qilganlarning rag’batlantirilishiga ishonish I.ning asosiy aqidalaridir. I. dinida xilma- xil ibodatlar, duolar, urf-odatlar, ro’za tutish, .xatna qilish, oziq-ovqat sohasidagi taqiklar, shanba kuni hech qanday ish b-n shug’ullanmaslik, diniy soliklar va yig’imlar kabi talablar juda qat’iy qilib qo’yilgan. I.ning aso- siy diniy kitoblari — Tavrot va Tal- mudsa belgilangan bun-Day ko’rsatmalar orqali dindor yahudiylarning turmushi, axloqiy va huquqiy hayoti nazorat ostiga olingan. Fanda I.ning 4 bosqichi aniqlangan: eng qadimiy I. (Bibliya davri), klassik I. (mil. AV. 536 — mil. 70-y.lar), ravvin- lar davri va yangi davr I.i (mo-dernistik I.). Eng qadimiy I., dastlab Falastin- dagi ikki davlat — Isroil va Yaxudiya davlatlari (mil. AV. 11 — 10-a.lar)ning, keyinroq ular birlashgach, yagona yahudiy davlatining dini bo’lgan. Bu davr tav- rot (Tora)da aks etgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, uning tarkibiga kirgan matnlar Og’za-ki tarzda mil. AV. 11-6- a. o’rtasida shakllangan. Mil. AV. 5-a. da yozib olingan. Bundan keyin I.ning klassik davri boshlanadi. Mil. AV. 586 y. yangi bo-bil podshosi Navuxodonosor 11 yaxudi-yani yakson qildi, salkam 30 ming yahudiyni asirga oldi. 50 y. davom etgan «Bobil asirligi» va undan key- ingi davrlarda minglab yahudiylar FA- lastinni tark etdilar. «Kdtsimgi axd» matnlarining asosiy qismi ana shu davr- da yozilgan. Mil. 70-y. Quddus ibodatxo- nasining qulashi va Talmudning yozili- shi orasidagi vaqt ravvinlar davridir. Yahudiy ruhoniylari Tavrotni talqin va tavsif qilish jarayonida vujudga kelgan Talmudning oxirgi tahriri ikki vari- antda: Quddus Talmudi — 4-a.da, Bobil Talmudi — 5-a.da e’lon qilindi. 7-17-a.larda yahudiy ruhoniylari (ravvinlar) diniy yozuvlar — Tavrot va Talmudni targ’ib qilishni davom ettir- dilar. Bu davrni aks ettirgan juda ko’p ravvin adabiyoti vujudga kelgan. 18-a. dan diniy talablarni davrga moslashti- rish, soddalashtirish va engillashtirish harakatlari avj oldi. I.da qadim zamonlardan boshlab, xilma-xil mazhablar va oqimlar vujudga kelgan, ular o’rtasida keskin kurash bor- gan. Mil. AV. 2-a.dan milodning 2-a.iga- cha farisey, saddukey, es-Sey, qumronlar jamoasi kabi oqimlar vujudga kelgan. Ortodoksal I. b-n bu mazhablar o’rtasida kurash borgan. Milodning 1-2-a.la- rida ortodoksal I.ga muxolif bo’lgan ayrim oqimlar (yahudiy-xristian sekta- lari)ning borgan sayin I.dan yirokla- shib borishi jaraenida xristian dini mustaqil din sifatida ajralib chiqqan (q. Xristi-anlik). I.ga e’tiqod qiluvchilar 18 mln.ga yaqin, ularning uchdan bir qismi AQSh dadir.