Itqo’noq

Itqo’noq (Setaria) — boshoqdoshlarga mansub bir yillik va ko’p yillik o’t o’simliklar turkumi, bego- na o’t. AK-sariyat tropik va subtropiklar- da tarqalgan. 120 dan ortiq turi bor. Bittabitta yoki bir nechtasi to’p bo’lib o’suvchi silliq poyasi 20-80 sm, faqat to’pguliga yaqin joyigina g’idirish. Barglari nashtarsimon, usti va chetla- ri g’adir-budir, barg asosi uzun tuklar b-n qoplangan. To’pguli boshoqsimon, iyul—sent. oylarida gullab, meva bera- Di. Uruglari sent. oxirida pishadi. Bir o’simlik 5-10 mingtagacha urug’ beradi. Urug’lari kelgusi yili bahorda una boshlaydi. I.ning ildiz siste-ma-si juda kuchli rivojlanib, 1,5 m gacha chuqurlikka o’sib kiradi; juda ko’p po- puksimon ildizlari va ildiz Tukla- ri tuproqni chim kabi qamrab oladi hamda namligini keskin kamaytiradi. Ayniqsa, sug’oriladigan dalalarda yaxshi rivojlanib, ko’p ekinlarga za-rar kelti- radi. Paxta, makkajo’xori, sabzavot va b. ekin dalalarida aksari-yat oq (S.glauca) va ko’k I. (S. viridis) turlari uchraydi. Ik- kala tur I. ham bir yillik bo’lib, tashqi ko’rinishidan bir-biriga o’xshaydi. Maysaligida o’rib olinsa, mollarga yaxshi ozuqa bo’ladi. Kurash choralari: ekin qator oralaridagi I. kultivasiya qilinib, egat ustidagilari gerbitsid se- pib yo’qotiladi; ekin ekishdan avval ba- ronalashga qadar yoki ekish vaqtida erga treflan yoki prometrin, kotofor singari gerbitsidlar solinadi.