Ilyos

Ilyos — Qur’onda nomi zikr etil- gan payg’ambarlardan biri. I. o’z qavmi Ba’l nomli oltindan yasalgan butga sig’inib, zalolatga botgach, ularni hidoyat yo’liga da’vat etish uchun payg’ambar qilib yuboriladi. Ammo ular da’vatni kabul qilmaydilar. “Bani Isroil”ni hido-yat yo’liga sola olmay umidlari uzilgan I. Parvardigordan o’z joni- ni olib, mashaqqatdan xalos etishni so’raydi. Alloh unga qavmini isloh qilish kjlatilganligini, binobarin jonini olmay, o’rniga so’ragan narsasi- ni muhayyo etishni va’da qiladi. I. ga 3 yilgacha yomg’ir yog’dirish-yog’dirmaslik IX-tiyori beriladi. Qurg’oqchilik boshla- nib xalq qahatchilikka uchraydi, begunoh hayvonu qushlar ham nobud bo’lib, da- raxtlar quriydi. Shundan so’ng qavmning iltijosi b-n I. va Alyasa (as) Allohga yolvorib duo qilgach, ko’kda bu-Lut paydo bo’lib yomg’ir yog’adi. Xiyonatkor qavm esa yana aqdini buzib zalolat yo’liga kiradi. Rivoyatda I. pirovardida samoga kutari- lib ketgani aytiladi. Bibliyadagi Iliya to’g’risidagi hikoyatlarda ham shunday mazmun bor.