Ikki tillilik, zullisonayn

Ikki tillilik, zullisonayn — 2 tilni yoki muayyan adabiy til va uning dialektini mukammal bilish. Bu ijti- moiy talab yoki biror sabab b-n yuzaga keladi. Uning tabiiy vujudga kelishiga bir davlat hududida ikki va undan ortiq xalq vakillarining jips yashashi ham sa- bab bo’ladi. O’zbek mum-toz adabiyotining ko’pgina vakillari ham o’zbek, ham fors tilini yaxshi bilganlar. Mas, Alisher Navoiy o’z ona tili — turkiy til b-n bir qatorda fors tilini ham juda yaxshi bilgan. Bu tildagi asarlarini to’plab devon (“Devoni foniy”) tuzgan. Bu de- voni forsiy til shoirlar, xususan, Jo- miy tomonidan yuksak baholangan. Ikki tilda ijod qiladigan adiblar hozir ham uchraydi. Jumladan, mashhur qirg’iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov qirg’iz va rus tillarida erkin ijod qiladigan yozuvchi- dir. Umuman I.t. ijtimoiy hodisa sifa- tida tillarning boyishi, rivojlanishi, umumbashariy madaniy saviyaning oshi- shiga muhim ta’sir etuvchi omildir.