Iloq zarbxonasi
Iloq zarbxonasi – Iloqda tanga pul zarb qilish uchun Tunkat sh.da qurilgan korxona (8-a.). Ilok konla- ridan oltin va Kumushning ko’p qazib chiqarilishi tanga zarb qilinadigan maxsus korxona tashkil qilish zarura- tini tug’dirgan. Ilokda 8-9.-a.larda “Ma’dan ash-Shosh” zarbxonasida ko’plab kumush dirhamlar zarb etilgan. Tanga- larda sof Kumushning ko’pligi sababli I. tangalari 9-a.da boshqa mamlakatlarga ham tarqalgan. Arxeologik qazishlarda shim.da Shvesiya va Nor-vegiyadan tor- tib Jan.da Armanistongacha bo’lgan hududda Iloq tangalari xazinalari to- pilgan. Tarixiy manbalarga ko’ra, 10-a. da Movarounnaqrda davlat zarbxonalari faqat Samarqandda va Iloqning poy- taxti Tunkatdagina bo’lgan. I. z.da pul- lar mahalliy muomalalar uchun misdan, umumdavlat xa-zinasi uchun qimmatbaho metallardan zarb qilingan. I.z.da chiqarilgan oxirgi tangalar 11-a.ning 2-yarmiga oid.