Ilhom

Ilhom — odamning ruhiy holati; undagi barcha ijodiy kuchlarning kuyi- lib kelishi, ruhiy jarayonlarning FA- ollashuvi. Bunday holatda butun ruhi- yat ayni bir vaqtda ishga solinadi. I. paytida ong tiniqlashishi kuzatiladi, fikrlash va ijodiy hayolot sermahsul bo’ladi, his-tuyg’ular to’lib toshadi, e’- tibor butkul ijod ob’ektiga qaratilgan bo’ladi. I. ning fiziologik asosi do- minanta (vaqtincha hukmronlik qiluvchi reflektor tizimi) hisoblanadi. I. ni “ilohiy ruxlanish” b-n bog’lovchilar uni faqat badiiy ijodda namoyon bo’ladi, deb hisoblaydilar. I. ga moddiyunchilik nuqtai nazaridan yon- doshuvchilar uni qattiq mehnat qilish natijasi deb biladilar. I. ni ijodi- yotning ijtimoiy va individual omil- lari, atrof muhit va shaxsning ijti- moiy shartsharoitlari b-n bog’laydilar. Mehnat faoliyatining har qanday ko’rinishi ilhombaxsh va ijodiy bo’lishi mumkin. I. ning paydo bo’lish sabablari, namoyon bo’lish shakllari xil-maxil. Bar- cha fan sohiblarida I. bo’ladi. I. ijod- ning qudratli omili, u ijodkorlarning hamma kuchlarini ishga soladi, ijodiy samaradorlikka yordam beradi (yana q. Ijod).