INGLIZ-FRANTSUZ-XITOY URUSHI

INGLIZ-FRANTSUZ-XITOY URUSHI (1856-60), ikkinchi “afyun” urushi — Angliya va Frantsiya tomonidan Xi- toyga qarshi uyushtirilgan bosqinchilik urushi. Angliya va Frantsiya o’z tovar- larini Xitoyning ichki viloyatlariga erkin kirib borishiga erishish, Daryo portlarini xorijiy savdo uchun ochishga harakat qilganlar; Angliya va Frantsiya Pekinda o’z diplomatik vakolatxonala- rini ta’sis etish, erkin missionerlik faoliyati yurgizish talabini qo’yishgan. 1856 y. okt.da mojarolardan foydala- nib (“Errou” kemasi b-n bo’lgan va b.) inglizlar Guanchjouga qarshi harbiy harakatlarni boshlaganlar. 1857 y. An- gliya hukumati Xitoyga yangi qo’shinlar jo’natgan. Angliya-Frantsiya muzokarala- ri (1856 y. sent. — 1857 y. mart)dan so’ng Frantsiya ham urushga tortilgan. Ularni AQSh qo’llab-quvvatlagan. 1857 y. dek.da ingliz-frantsuz bosqinchilari Guanchjo- uni egallagan. Guandunda xalq qarshilik harakati boshlangan. 1858 y. apr.da bosqinchilarning harbiy kemalari shim. da harbiy harakatlarni boshlab yubor- gan; 1858 y. mayda ular Dagu istehkomi va Tyantszin portini bosib olishgan. Tsin hukumati Angliya va Frantsiya b-n 1858 y. iyunda teng huquqli bo’lmagan Tyantszin bitimlarini imzolashga majbur bo’lgan. Biroq, Angliya va Fran- tsiya Xitoyni yanada ko’proq yon bosishga majbur qilishga intilishgan. Daguda ingliz-frantsuz eskadrasi mag’lubiyatga uchragan, bu harbiy harakatlarni qayta boshlashga barona bo’lgan. 1860 y. iyul- da 10 ming kishilik ingliz armiyasi va 6 ming kishilik frantsuz armiyasi Dagu istehkomlarini qamal qilishgan. Avg. da Xitoy armiyasi mag’lubiyatga uchragan. Dagu istehkomlari va Tyantszin bos- qinchilar tomonidan qayta bosib olin- gan (25 avg.). Boshlangan sulh muzokara- lari natijasiz tugagan. Ingliz-frantsuz qo’shinlari Pekinga yurish boshlagan. 21 sent. da manjur-mo’g’ul otliq qo’shini Pe- kindan bir necha km uzoqlikdagi Balisyao ko’prigi yonidagi jangda ingliz-Fran- suz qo’shinlaridan engilgan. Impera- tor I Chju (Syan-fin) va uning saroyi qarshilik ko’rsa-tishdan voz kechib poy- taxtdan krchishgan. Bosqinchilar Pekin- ni egallab (1860 y. okt.) Xitoy me’mor- ligining ajoyib namunasi — impera- torning yozgi Yuanmin’yuan saroyini talon-taroj qilib, unga o’t qo’yganlar. 1860 y. okt.da teng xuqukli bo’lmagan Pekin bitimlari imzolangan. I.-f.-x.u. Xitoyni yarim mustamlaka mamlakatga aylanishidagi eng katta bosqich bo’lgan.