Integral hisob
Integral hisob — integral- lar va ularning xossalarini, hisoblash usullarini, tatbiqlarini o’rganuvchi matematika bo’limi. I. h. taraqqiyoti va mazmuni differentsial hisob taraqqiyoti va mazmuni b-n uzviy bog’liq. I. h. differentsial hisob b-n birga chek- siz kichik mikdorlar analizini (q. Ma- tematik analiz) tashkil qiladi. 17-a. ga kelib, texnika va tabiiy fanlarning taraqqiyoti matematika oldiga juda ko’p yangi masalalarni, jumladan, murak- kab geometrik shakldagi jismlarning yuzini, hajmini, og’irlik markazini hisoblash masalalarini qo’ydi. Bular- ni aniqlashning qadimgi eski usullari o’rniga yangi va kuchli matematik usullar yaratish zaruriyati tug’ildi. Shu davrda I. h. vujudga keddi. I. h.ning asosiy tushunchalari aniq va aniqmas integral tushunchalaridir. I. h.ning turli tatbi- klarida bu anikmas integrallarga mos aniq integrallarning ahamiyati katta bo’lgani uchun ular yaxshi o’rganilgan va qiymatlari hisoblangan jadvallar tu- zilgan. Integral tushunchasi bir necha xaqiqiy o’zgaruvchining funktsiyalari uchun ham, kompleks o’zgaruvchining funk- tsiyalari uchun ham aniqlangan va xossala – ri yaxshi o’rganilgan.