Infektsiya

Infektsiya (lot. infi cere — yuqtirmoq, buzmoq, zaharlamoq) — Pa- togen mikrob (yoki virus)ning odam yoki hayvon organizmiga kirishi, ko’payishi va ayni vaqtda mikrob b-n organism o’rtasida o’zaro murakkab munosabat Vu- judga kelishi. “I.”termini ba’zan boshqa ma’noda — kasallik yuqqan payt- ni, infektsion kasallikni, uning mikro- bini ifodalash uchun ishlatiladi. I. kasallik shaklida, shuningdek, bakteriya tashuvchilik shaklida namo- yon bo’ladi. Mikroblarning bir turi qo’zg’atgan kasallik oddiy infektsiya, ikki yoki bir necha turi qo’zg’atgan kasallik aralash infektsiya, yuqumli kasallik b-n og’rib o’tgan ki-shiga takror I. yuqishi reinfektsiya, mikroblarning muayyan turi za-rar etkazgan organizmga takror I. yuqishi superinfektsiya deb ataladi. Ba’zi mikroblar organizmda inaktiv holatda bo’ladi, ammo muayyan sharoitda (kishi o’ta charchaganda, sovqotganda va b.) patogen xossalarini namoyon qila oladi (autoinfektsiya), shuning natijasida ka- sallik ro’y beradi. I.ning paydo bo’lishi va o’tishida Pa- togen mikroorganizmlarning quyidagi xususiyatlari muhim rol o’ynay-Di: 1) spesifikligi, ya’ni muayyan biolo- gik turning organizmda yashashi (mas, qizamiqvirusi faqat odam orga-niz- mida parazitlik qiladi) va faqat o’zi uchun xarakterli infektsion kasallikni qo’zg’atishi; 2) virulentligi, ya’ni kasal- likka nechog’li sabab bo’la olishi (q. VI- rulentlik); 3) muayyan a’zolarda (aksari ichki a’zolarda) joylasha olishi (mas, go- nokokk siy-Dik yo’llari b-n ko’z shilliq pardasi-da; meningokokk miya pardala- rida, dizenteriya tayoqchalari yo’g’on ichak de-vorida yashab ko’payadi). I.ning paydo bo’lishi va o’tishida makroorganizm- ning xususiyatlari va ijtimoiy sharoit muhim rol o’ynaydi (q. Infektsion ka- salliklar). Odam organizmi mikrob kirishiga befarq bo’la olmaydi. Odam va hayvonlar organizmi har xil fiziologik va immu- nologik mexanizmlari borligi tufay- li ko’p mikroblarga tabiiy chi-damli bo’ladi (teri va shilliq pardalar ko’p mikroblarni o’tkazmaydi, bezlardan ishlanib chiqadigan shilim-shiq, me’da shirasi, o’t, ko’z yoshi va sh. k. ba’zi bakte- riyalarni, viruslarni o’ldiradi va h. k.). Odam va hayvonlar organizmi kasallik mikroblarining kirishiga javoban im- munitet reaktsi-yalarini rivojlantira- Di (fagositlar mikrobga nisbatan spes- ifik aktivla-shadi, antitelolar ishlana boshlaydi, allergiya vujudga keladi). Kasallik yuqqan kishi (bemor, ba’zan sog’lom odam) yoki hayvonlar I. manbai bo’ladi (mas, ich terlamaaa bemor yoki bak- teriya tashuvchi kishi, quturish kasalli- gida mikroblar yuqqan it va b. hayvonlar I. manbaidir).