Imomov Diler Siddiqovich
Imomov Diler Siddiqovich (1939.23.4, Toshkent) — rangtasvir usta – si. O’zbekiston xalq rassomi (2002). Re- spublika rassomlik bilim yurti (1960) va Toshkent teatr va rassomlik san’ati in-ti (1966)ni tugatgan. 1967 y.dan tosh- kent teatr va rassomlik san’ati inti- da dars bergan; 1997 y.dan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn intida dosent, 2000 y.dan prof. I. asarlarida insonning ichki dunyosini va uning tashqi olam b-n uyg’unligini aks ettiradi, ko’pgina asarlarining aso- sini ma’rifiy mazmun, mehnatkash bola- jonli o’zbek ayoli, uning kundalik tash- vishlari, orzu-umidlari, qishloq qayoti mavzusi tashkil qiladi: “dala shiyponi- dagi bolalar bog’chasi” (1967), “frontda- gi otamga” (1975), “katta Farg’ona kana- li qurilishida” (1980), “Ruh iltijosi” (Navoiyga bag’ishlangan, 1990), “kechki nido” (1991) va b. Keyingi yillarda I. ijodida ona yurt manzaralari keng o’rin oldi (“tanga-topgan qishlog’i”, 1994; “Tog’dagi ko’l”, 1995; “Chorvoq”, “shar- shara”, 1997 va b.), kalamtasvir ustasi sifatida tanildi (“Miraziz portreti”, 1983 va b.).