Interiorizasiya

Interiorizasiya (lot. interior -ichki) — tashki Real xattiharakatlarning ichki harakatlarga aylanish ja-rayoni; tashqi ijtimoiy FA- oliyatni o’zlashtirish tufayli odam ichki psixikasining shakllanishi. I. atamasi- ni frantsuz psixologlari P. Jane (1859- 1947), J. Piaje (1896-1980), A. Vallon (1879-1962) va b. muomalaga kiritish- gan. E. Dyurkxeym asarlarida u ijtimo- iylashuv tushunchasi b-n bog’lab beril- gan. “I.”tushunchasi inson faoliyati va ongining o’zaro bog’liqligini, inson mehnati mahsullari b-n o’zaro munosabat jarayonida ijtimoiy-tarixiy tajriba- ni odam qanday o’zlashtirishi mumkin- ligini ko’rsatadi. So’zlashishga o’rganish I.ning muhim omili hisoblanadi; bun- da ham avvalgi avlodlar tajribasining umumlashgan shakldagi ko’rinishi bor. I. insonga ayni pallada uning idroki do- ira – I sida bo’lmagan narsalarni timsol- lar I orqali anglash, fikran o’tmishga, ke – h lajakka, makonga va sh.k.ga o’tish imkonini beradi. I. shaxs insoniy qad-riyatlarni o’zlashtirishi tufayli haqiqiy inson psixikasi shakllangan – h ligini ko’rsatadi.