Islimiy

Islimiy — o’simliksimon shak- ldagi takrorlanuvchi taqsimlardan tu- zilgan asosiy naqsh turi. Naqsh asosini tanob, band, barg, butalar tashkil etadi. I. bir-biriga uzluksiz ulanib, o’ralib ke- tadigan chirmoviqsimon, o’simliksimon naqshlarning takrorlanishidan tashkil topadi. Shuning uchun ba’zan ustalar uni o’rama yoki o’simliksimon naqsh deb ham ataydilar. I. naqshning xillari ko’p, u qaysi shakl b-n to’ldirilsa, naqsh shu shaklning nomi b-n ataladi: I. barg, I. bar-GAK, I. bofta, I. gul, I. zanjira, I. madohil, I. mehrob va b. yuzdan ortiq sodda va murakkab turlari mavjud. Bu naqsh turlari yanada ko’payib bormoqda. I. naqshlarning hunarmandlik rivoj- langan shaharlar nomlari b-n atalgan xillari ham bor: Isfahoni I., Arabi I., Mashhadi I. va b. Turli davrlarda yashagan xalq ustalari yangi-yangi I. xil- larini yaratgan va buyumlar be-zagi (ganch- korlik, naqqoshlik, yog’och o’ymakorligi, miskarlik, zardo’zlik, kulolchilik, gi- lamchilik, kashtado’zlik va b.)da keng qo’llagan. Shuningdek, uni yanada jo- zibali qilish maqsadida naqshlarda qo’shimcha materiallardan foydalanil- gan. Mas, zargarlik, Kan-dakorlik, mi- skarlikda qimmatbaho toshlar, qahrabo va b. qadalgan. Bu uslub O’rta Osiyo, Yaqin Sharq, Hindiston, Eron, Turkiya, Afg’oniston ustalari tomonidan keng foydalanilgan. I. naqshning naqqoshdan katta tajri-ba va mahorat talab qiladigan murakkab xillari ham bor. Xiva (Paxlavon Mahmud maqbarasi gum- baz osti bag’allari), Buxoro, Samarqand (Registon ansambli, Sherdor Madra- sa ravog’i, mehrobi), Toshkent, Qo’qon, Marg’ilon, Andijon shaharlarida yog’och uymakori (A. Abdurahimov va b.), miskar (Abdulla hoji va b.), zardo’z (N. Aminov va b.), ganchkor, kashtado’z ustalar ish- larida keng qo’llanilgan, hozir ham I. naqshlardan keng foydalaniladi. Xalq ustalaridan S. Maxmudov, J. Haki- mov, T. To’xtaxo’jaev, O. Fayzullaev, N. Ibrohimov, M. Usmonov, K. Karimov va b.ning ijodlarida buni ko’rish mumkin. Shuningdek, kitob va jur.larni bezashda ham I. naqsh xillari keng qo’llaniladi. Bu soxdda grafik rassom I. Ikromovntsng xizmati katta.