Iskandarov Ibrohimjon
Iskandarov Ibrohimjon (1932.8.5, Sayram tumani Qoramurt qishlog’i, Qozog’iston) — iqtisodchi olim, O’zbekiston FA akad (1979), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbo- bi (1992), iqtisod fanlari D-ri (1969), prof. (1973). Toshkent moliya-iqtisod in-tini tugatgan (1953). O’zbekiston FA ijtimoiy fanlar bo’limi kotibi (1962-63), Iqtisodiyot intida bo’lim mudiri (1963-68). O’zbekiston Davlat reja qo’mitasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar intida ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbo-sari (1968-69). O’zbekiston FA Iqtisodiyot in-ti Di- rekto-rining o’rinbosari (1969-71), direktori (1971-75). Toshkent xalq xo’jaligi in-ti rektori (1975-76), O’zbekiston FA falsafa, iqtisod va huquq bo’limi akad.kotibi (1976-79) va ra-isi (1984-87); FA Prezidiumi bosh ilmiy kotibi (1979-84). O’zbekiston Vazirlar Kengashi raisining o’rinbo- sari — Davlat reja qo’mitasi raisi (1987-89); O’zbekiston FA Respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini o’rganish kengashi raisi (1989-90), O’zbekiston FA vise-prezidenti (1990-96). 1997 y.dan O’zbekiston FA Iqtisodiyot inti- da iqtisodiy integrasiya mu-ammolari bo’limi boshlig’i. I.ning ilmiy ishlari sanoat iqti- sodiyoti, yalpi milliy mahsulotni hisoblash uslubiyati, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida O’zbekistonning jahon iktisodiyotiga integrasiyalashuvi muam- molariga bag’ishlangan. Beruniy nomida- gi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). As: Ekonomicheskie problemi raz- Vitiya tekstilnoy promishlennosti v Uzbekistane, T., 1969; Problemi ekono- micheskoy nauki v Uzbekistane, T., 1979.