Iskandarxon

Iskandarxon (? — 1583.22.6, bu- xoro) — Movarounnahr xoni (1561 — 83), shayboniylarlgm. Jonibek sultonning o’g’li. I.ning onasi Toshkent hokimi Sul- ton Mahmudxon (Boburning to-g’asi) ning qizi bo’lgan. I. 15 yoshida Samarqand Sug’diga qarashli Ofarinkent (Miyonkol) nohiyasida hokimlik qilgan, otasi vafot etgach (1529), Karmana hokimi bo’lgan. 1561 y. I. o’g’li AB-dulla Sulton (q. AB- dullaxon II) Buxoroni egallab amakisi Pirmuhammad (Balx hokimi) o’rniga ot- asi I.ni bu-tun o’zbeklarning xoni (xon- lar xoni) deb e’lon qilgan. I. yoshligida jangari, irodali kishi bo’lgan esada, key-inroq taqvoga juda berilib ketgan. Shariat ahkomlariga to’la rioya qilgan, Lochin oviga moqir bo’lgan, davlat ishla- riga deyarli aralashmagan. I. taniqli ta- savvuf olimi, Maxdumi A’zam Kosoniy-ning muridi va shogirdi edi. I.ni dar- veshlar podshohi (podshohi darvishon) deb ham atashgan. Manba.: Hasanxoja Nisoriy, Mu- zakkiri ahbob, T., 1993; Hofiz Tanish al-Buxoriy, Abdullanoma, 1-j., T., 1999. Ad.: Bartold V. V., Sochineniya, 2 t., 2 ch., M., 1964.