Gogol Nikolay Vasilevich

Gogol Nikolay Vasilevich [1809.20.3(1.4), Poltava gubernyasi, Mir- gorod uezdi — 1852.21.2 (4.3), Moskva] — rus yozuvchisi. Rus adabiyotida tanqidiy realizmga asos solgan. Nejin gimnaziya- sini tugatib (1828), Peterburgga kelgan. Rassomlik qilgan, drama to’garaklarida faol qatnashgan, ayrim yumoristik rol- larni ijro etib, badiiy ijod b-n ham shug’ullangan. V. Alov taxallusi b-n yozilgan “Gans Kyuxelgarten” roman- tik dostoni (1829) salbiy baxrlangach, chet elga ketgan. Germaniyaning Lyubek, Gamburg sh.larida bo’lgan. Peterburgga qaytib, davlat mahkamalarida xizmat qiladi. Mahkamalardagi qog’ozbozlik, sansalorlik kabi illatlar g. uchun boy mavzu bo’ldi (“Peterburg qissalari, 1830). A.S. Pushkin b-n uchrashuvi (1831) G. ijodida burilish yasadi. “Dikan- ka qishlog’i oqshomlari” (1831-32) to’plamiga kirgan hikoya va qissalari (“Sorochino yarmarkasi”, “dahshatli qasos” va b.) G.ga Shuhrat keltirdi. Bun- da Malorossiyadagi turmush tarzi, odam- lar ongi, axloqi, xalqning yumorga boy afsonalari, urf-odatlari aks ettiril- gan. G. Sankt-Peterburg un-ti umumta- rix kafedrasida prof. bo’lib ishladi (1834), bu unga tarix b-n chuqurroq ta- nishish imkonini berdi. “Mirgorod” (“Ivan Ivanovich b-n Ivan Nikiforo- VICh oralarida bo’lib o’tmish janjallar hikoyati”, “viy” va b. qissalar) to’plami hamda “Arabeskalar” (“Neva shoh ko’chasi”, “portret”, “tentak maktubla- ri” qissalari) to’plamida (1835) shahar hayoti manzaralari “ko’zdan yosh chiqquncha” kulgi qo’zg’atadigan usulda tasvirlana- Di. “Taras Bulba” (1835) qissasi Ukra- in xalqining chet el bosqinchilariga qarshi kurashiga bag’ishlangan. G. 30-y. lar 1-yarmida “3darajali Vladimir” (tugallanmagan), “uylanish” (1842 y.da nashr etildi) komediyalari ustida ishladi. “Revizor” (1836) komediyasi- da Rossiyadagi mansabparastlik, xazi- Nani talon-toroj qilish, poraxo’rlik va b. hajv ostiga olingan. G. ijodi- ning cho’qqisi bo’lgan “o’lik jonlar” (1842) Doston-romanida Rossiyadagi o’sha davr hayotiga umumiy tavsif berilgan. G. o’z dunyoqarashida sodir bo’lgan axloqparastlik goyalari ta’sirida “Do’stlar b-n yozishmalardan tanlangan sahifalar” (1847) asarini e’lon qiladi. Mazkur asar V. G. Belinskiy tomonidan tanqidga uchraydi (“N.V. Gogolga xat”). G. ning “Revizor” (1935-52, Kibriyo Qahhorova va Abdulla Qahhor tarjima- si), “Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforo- VICh oralarida bo’lib o’tmish janjallar hikoyati” (1972, N. Alimuhamedov tar- jimasi), “ulik jonlar” (1959, Rustam Abdurahmonov tarjimasi) va b. asarla- ri o’zbek tilida nashr etilgan. “Revi- zor”, “uylanish” pesalari O’zbekistan teatrlari sahnasida qo’yilgan. Ozod Sharafiddinov.