Tennis, launtennis

Tennis, launtennis (ing, lawn — o’tloq, maysazor; “tennis” terminining kelib chiqishi to’g’risida bir necha taxmin bor: Frans. tenez — mana, ol; ing. tens — o’nlik, chunki o’rta asrlarda tennisga o’xshash o’yinni besh kishidan, jami o’n kishi o’ynagan; ing. tenia — rishta; to’pni tortilgan ipdan oshirib o’ynalgani uchun) — sport turi, movut qoplangan rezina koptok raketka yordamida urilib kortsa. o’ynaladi. Koptokning diametri 6,35—6,67 sm, og’irligi 56,7 g. Yog’och, engil metall yoki plastmassadan har xil o’lchamda tayyorlangan raketkalar og’irligi 255-400 g. O’yin kortning orqa chizig’idan raqibning to’rga yaqin maydonchasiga koptokni xatosiz uzatish bilan boshlanadi. Koptok maydonga tegib sakragandan keyin raqib uni qaytaradi (o’yin davomida xam koptokni ikkinchi sakragandan keyin olishga ruxsat etilmaydi, faqat ikkinchi zarbadan boshlab koptokni kortga tushirmasdan ham qaytarish mumkin). Geymda hisob 15:0,30:0,40:0 va h.k. tarzda yuritiladi, agar 40:40 hisobi — “teng” qayd etilsa, keyingi ochkoni yutgan “ko’p”, yutqizgan “kam” bo’ladi. “Ko’p”dan keyin ochkoni yutgan geymni ham yutadi. Setda olti geym (6,0…6:4) yutish lozim, bordiyu hisob 6:5 bo’lsa, o’yin davom ettiriladi. 12 geymdan keyin hisob 7:5 bo’lsa, g’olib aniklanadi. Agar 6:6 hisobi qayd etilsa, “taybreyk” o’ynaladi. “Taybreyk”da g’olib chiqish uchun 7 ochko to’plash zarur, agar hisob 7:6 bo’lib qolsa, o’yin qaysidir tomonning ikki ochko o’zib ketishigacha davom etadi. Erkaklar o’yinida eng ko’p setlar mikdori — 5, ayollarda -3 ta. T. musobaqalari yakkalik, juftlik va aralash (bir erkak va bir ayol) tarzida tashkil qilinadi. T. ga o’xshash o’yinlar dastlab Misrning Tinis (tanis) sh.da paydo bo’lgan degan taxmin ham mavjud. Bu o’yin 13— 14-a.larda Italiya, Frantsiya, Angliyada ommalashdi. Frantsiyada rohiblar 5 tadan bo’lib kaftlarida T.ga o’xshash o’yin o’ynashgan. 16-a.dan boshlab o’yinda dastlabki raketkalar qo’llanildi. Zamonaviy T. qoidalarini angliyalik Volter Uingfild ishlab chiqqan (1874). Shu qoidalar asosida “Uimbldon” turniri (Angliya) 1877 y.dan, AQSh ochiq chempionata 1881 y.dan, “Rollan Garros” turniri (Frantsiya) 1891 y.dan, Avstraliya ochiq chempionata 1905 y.dan o’tkazilib kelinadi (hozirgi kunda bu musobaqalar “Ulkan toj” musobakdlari deyiladi). T. 1896 y. Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritilgan. Amerikalik Duayt Filli Devis tashabbusi bilan 1900 y.dan jamoalar o’rtasida norasmiy jahon chempionati hisoblanmish Devis kubogi o’tkaziladi. 1912 y. xalqaro launtennis federasiyasi (ILTF)ra asos solindi (1977 y.da xalqaro tennis federasiyasi — ITF deb o’zgartirildi). 1965 y.da xalkaro professional tennischilar assosiasiyasi (1ART) tuzildi, u 1972 y.da professional tennischilar assosiasiyasi (ATR) ga aylantirildi. ATR har yili 4 toifaga bo’lingan 77 ta musobaqa o’tkazadi. 1963 y.da ayollar tennis assosiasiyasi (WTA) tashkil qilindi. Hozirgi kunda WTA 54 ta musobaqa tashkilotchisidir (2004). T. AQSh, Avstraliya, Argentina, Buyuk Britaniya, Germaniya, JAR, Ispaniya, Frantsiya kabi davlatlarda yaxshi rivojlangan. Byorn Borg (Shvesiya), Jon Makinroy (AQSh), Ivan Lendl (Chexiya), Boris Bekker (Germaniya), Pit Samprass (AQSh), Martina Navratilova (AQSh), Shteffi graf (Germaniya), Martina Xingis (Shveytsariya) kabi T. ustalarining nomi mashhur. O’zbekistonda T.ga o’xshash o’yinlar qadimdan o’ynalgan. Xususan, “bir tayoq” xalq o’yinida T. ga xos jihatlar mavjud. Zamonaviy T. O’zbekistonga 20-a. ning boshlarida kirib keldi. Mamlakat mikesidagi musobaqalarda V. Pushkarev, Sh. Chebatarev, S. Obidov, R. Yalalova kabi tennischilar muvaffaqiyatli qatnashib, sport ustasi talabini ba – jarishdi. Respublikamizda T. 20-a. ning so’ngga o’n yilligidan boshlab keskin rivojlandi. Mustaqillikka erishgan O’zbekistonning deyarli hamma shaharlarida zamonaviy T. kortlari bunyod etildi. Toshkent, Farg’ona, Samarkand, Namangan, Andijon sh. laridagi bu sport inshootlarida tennischilar va T. muxlislari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. 1992 y.da O’zbekiston federasiyasi tuzildi va o’sha yili 1TG’a’zoligiga qabul qilindi. 1994 y.dan O’zbekiston Devis kubogi musobaqalariga kushildi, tennischilarimiz Osiyo o’yinlari, qit’a chempionatlari, Olimpiada va b. xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshladilar. Toshkentda professional tennischilar o’rtasida “Prezident kubogi” xalqaro musobaqasining o’tkazilishi (1994 y.dan) O’zbekistonda bu sport turining yuksalish davrini boshlab berdi. Keyinroq bu musobaqa ATR tur doirasiga kiritildi va jahonning eng kuchli tennischilari O’zbekiston poytaxtiga tashrif buyurishdi. 1996 y.da Toshkentda ayollar o’rtasida Chellenjer musobaqalariga asos solindi va u WTA turkumidagi musobaqalar orasidan joy oldi. Viloyat markazlarida ham Fyuchers, Chellenjer musobaqalari o’tkazila boshlandi. 1997 y.dan rahbar havaskor tennischilar o’rtasida “havas” musobaqalarining boshlanishi T.ning yanada ommalashuvida muxim rol o’ynadi. Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasidatennisni rivojlantirishni qo’llabquvvatlash jamg’armasini tashkil etish to’g’risida” (1997 y. 25 avg.) va “O’zbekiston Respublikasida tennisni yanada rivojlantirish choratadbirlari to’g’risida”gi (1998 y. 11 sent.) karorlari T.ning taraqqiyotiga qulay shartsharoit yaratdi. 1998 y. 20 martdan “Teppіѕq” gazetasi chiqarila boshlandi. 2001 y.dan Devis kubogi tartibi bo’yicha viloyat jamoalari o’rtasida O’zbekiston kubogi musobaqalari o’tkazilyapti. Mamlakatning barcha viloyatlarida respublika T. federasiyasining bo’limlari bor. 47 ta T. klubi, T.ga ixtisoslashgan 76 ta bolalaro’smirlar sport maktablari faoliyat ko’rsatyapti. O’zbekistonda 15 mingdan ziyod kishi T. bilan shug’ullanadi, ularga 241 murabbiy saboq beradi (2004). I. To’laganova, V. Kutsenko, O. Ogorodov, I. Isroilova, O. Omonmurodova Osiyo o’yinlari, qit’a chempionati, Universiada, xalqaro musobaqalarda g’olibsovrindor bo’lishdi. Bu tennischilarning g’alabasida V. Pushkarev, A. Yolxin, F. Sultonbekov, H. Shafikrv kabi murabbiylarning hissasi bor. Ad.: Mustafin R., Sultonbekov F., Tennis, T., 1993; Yanchuk V., Yakovenko V., Bolshoy Mir bolshogo tennisa, T., 1998; Jumaev K., Mo’minov A., Yunusobod tennis klubi, T., 1999.