Termiziy al-Hakim, Hakim Termiziy

Termiziy al-Hakim, Hakim Termiziy (to’liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir Hakim Termiziy) (taxm. 750/760 — Termiz — taxm. 869) — mashhur mutasavvif. T.ning tarjimai holiga oid ma’lumotlar o’rta asr Arab mualliflaridan Tojiddin Subkiy, Xatib Bag’dodiy, Ibn Hajar Asqaloniy, Abdurahmon Sullamiy va b.ning asarlarida, shuningdek, allomaning o’zi yozgan “Bad’u sha’ni Abu Abdulloh” (“Abu Abdulloh ishining boshlanishi”) avtobiografik risolasida keltirilgan. Shuningdek, T. qabri ustiga o’rnatilgan sag’ana bitiklarida ham uning hayoti haqida ba’zi ma’lumotlar bor. T. yoshlik yillarida o’z yurtida tanikli olimlardan ta’lim olgan. Ilmini takomillashtirish maqsadida Sharq mamlakatlarining ko’p shaharlarida, jumladan, Balx, Nishopur, Bag’dod, Makka va Madinada bo’ladi. O’sha davrning yirik allomalari bilan ilmiy bahs va munozaralarda ishtirok etadi. T. qalamiga mansub asarlar ko’p. Misrlik olim Shayx Abdulfattoh Abdulloh Barakaning dalolat berishicha, T. 400 dan ortiq asar yozgan, ulardan 60 ga yaqini bizgacha etib kelgan. Ular orasida eng avvalo, Muhammad (sav) hadislariga bag’ishlangan “Navodir alusul Fi ma’rifat Axbor Rasul” (“Rasululloh xabarlarini bilishda Nodir usullar”) kitobini aytish kerak. Ushbu asarning 2 qo’lyozma nusxasi Toshkentda mavjud bo’lib, ulardan biri O’zbekiston Musul – monlar idorasining kutubxonasida, ikkinchisi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik intida saqyaanadi. Allomaning keyingi yillarda nashr etilgan asarlaridan tasavvufga oid 2 kitobi: “Kitob haqiqat alodamiya” (“insoniyat haqiqati to’g’risida kitob”) va “adab unnafs” (“nafs odobi”)ni ko’rsatish mumkin. T. asarlarining aksariyati qo’lyozma holda jahonning yirik shaharlaridagi qo’lyozmalar xazinalarida saqlanadi. Jumladan, Parij Milliy kutubxonasida quyidagi asarlarining qo’lyozmalari mavjud: “kitob ussalot va maqosiduho” (“Namoz va uning maqsadlari”), “kitob ulhajj va asrorihi” (“Haj va uning sirlari”), “kitob ulihtiyotot” (“Ehtiyotkorlik yo’llari”), “kitob uljuma allozim ma’rifatiho” (“bilish lozim bo’lgan jumlalar”), “kitob ul Furuq va man’uttaroduf” [“farqlar va taroduf (ketma-ketlik)ni man qilish”], “Kitob haqiqat ulodamiya” (“insoniyat haqiqati to’g’risida kitob”), “kitob Urs ulmuvahaddiyn” (“yakka Xudoga e’tiqod qilganlarning zavqi”), “kitob ula’zo van nafs va yusammo kazolika g’avr ulumur” (“a’zolar va jon yoki ishlarning mohiyati haqida kitob”), “kitob manozil alibod min aliboda” (“bandalarning bandachilikdagi manzillari yohud Alloxga intiluvchilarning manzillari haqida kitob”. Bu kitob 2003 y. “Movarounnahr” nashriyotida o’zbek tilida chop etildi), “kitob ulaql valhavo” (“Aql va havoyi nafs haqida kitob”), “Kitob ulamsol min Alkitob vas sunnat” (“Kur’on va sunnatdagi masallar kitobi”), “kitob almanohiy” (“raddiyalar haqida kitob”). Damashqdagi Azzohiriya kutubxonasida 2 kitob va 5 risolasi bor. Iskandariya (Mar)ning Maktabat albaladiya kutubxonasida 3 ta, London kutubxonasida 5 ta asari saklanadi. T.ning bizgacha etib kelgan muhim asarlaridan biri “xatm ulavliyo” (ba’zi manbalarda “xatm ulvaloyat”) bo’lib, unda T.ning valiylik haqidagi qarashlari keng bayon qilinadi. Valiylikning haqqoniyligi, uning nubuvvat (payg’ambarlik) bilan bog’liq bo’lgan jihatlari asarning bosh mavzusi hisoblanadi. T. fikricha, aklzakovat o’zlashtira oladigan eng oliy bilim — ma’rifat yoki hikmatdir, bu — inson kalbini yorituvchi “ilohiy nur”dir. Turfa ilmlarni o’qibo’rganish jarayonida uni egallash mumkin, ammo asl ma’rifat Allohning o’zi yarlaqagan zotlargagina nasib bo’ladi. T. sufiy avliyolarni ayni shunday zotlar sirasiga kiritadi. “Xatm ulavliyo” ba’zi faqih va hukmdorlarning keskin e’tiroziga ham sabab bo’lib, oqibatda T. ona shahri Termizdan chiqib ketib, bir qancha muddat Balxda yashagan. Uzok, yillar davomida allomaning yo’qolib ketgan asarlari sirasiga xato ravishda kiritilgan bu asarni Parij i. t.lar markazi Islomiy madaniyat bo’limining a’zosi Usmon Ismoil Yahyo 1965 y. Bayrutda nashr etdi. Asar muqaddima va 29 fasldan iborat bo’lib, unda ko’tarilgan masalalar murid va Shayx o’rtasidagi savoljavob tarzida bayon qilinadi. Bu kitob tasavvuf ilmi tarixida valoyat (avliyolik) masalasini 1marta mukammal bir nazariya va ajoyib makrlalar turkumi shaklida ifoda kilgan Nodir manba sifatida alohida ahamiyatga ega. U Termiz va Balx atrofida shakllangan tasavvuf ahli uchun ma’naviy vasiyatnoma yoxud ta’lim dasturi sifatida xizmat qilgan. Ilmfanning turli sohalarida mashhur bo’lgani uchun T.ni zamondoshlari “alhakim” deb ulug’lashgan. Ad.: Uvatov U., Al-Hakim at-Termiziy (hayoti va merosi), T., 2001; Termiz tazkirasi [tuzuvchi Mirzo Kenjabek], T., 2001. Ubaydulla Uvatov.