Togo (Togo) Togo Respublikasi

Togo (Togo) Togo Respublikasi (Repudlique Togolaise) — G’arbiy Afrikadagi davlat. Mayd. 56,8 ming km2. Aholisi 5,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — Lome sh. Ma’muriy jihatdan 5 viloyat (reqion)ra bo’linadi. Davlat tuzumi. T. — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1992 y. 27 sent. dagi referendumda ma’qullangan. Davlat boshlig’i—prezident (1967 y.dan Gnasingbe Eyadema). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy Majlis (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi. Tabiati. T. Gvineya qo’ltig’ining shim. sohilida joylashgan va dengiz bo’yi akkumulyativ pasttekisligidan, Markaziy qismi tekislik va 200-400 m balandlikdagi platodan iborat. Eng baland joyi Togo togidagi Bauman cho’qqisi (986 m). Shim.Sharqda Atakoro tizmasi bor. Shim.g’arbiy chekkasida oti daryosi vodiysi joylashgan. Foydali qazilmalardan temir rudasi, oltin, marmar, osh tuzi, fosforit, xromit, boksit bor. Iklimi subekvatorial. O’rtacha oylik t-ra 20-25° dan 28-32° gacha, yillik yog’in sohilda 600-800 mm dan tekislik va Markaziy platoda 1200-1700 mm gacha. Yirik daryolari: mono va oti yog’ingarchilik mavsumida sersuv. Togo ko’li goyat xushmanzara. Baland o’sadigan savannalar, dare vodiylarida doim yashil o’rmonlar bor. Yirik hayvonlardan fil, Arslon, qoplon, kiyik, chiyabo’ri, jirafa, begemot, timsoh va b., o’rmonda maymun, ilon ko’p. Hayvonot dunyosini mug’ofaza qilish uchun Kve, Keran milliy boglari, Fazao, Malfakasa va b. qo’riqxonalar tashkil etilgan. Aholisi. T.da 45 ga yaqin xalq va etnik guruh bor; mamlakat Jan. va Markaziy qismida kVA tillarida so’zlashuvchi xalk^ar (Eve, yoruba, mina va b.), qirlarda va ayniqsa Gana bilan chegaraga yaqin joylarda Togo, shim.da chokossi xalklari, T. shim. va Markaziy qismida gur tillarida so’zlashuvchi xalklar (kabre, Gurma, tem, somba, kotokoli, basari va b.), shuningdek frantsuz va livanliklar ham yashaydi. Rasmiy til — frantsuz tili. Aholiningyarmidanko’prog’imahalliy an’anaviy dinlarga, qrlganlari xristianlik va Islomga e’tiqod qiladi. Shahar aholisi 30,8%. Yirik shaharlari: Lome, Sokode, Vogan, Kpalime, Atakpame. Tarixi. Arxeologiya topilmalari T. hududida odam qadimdan yashaganligi va moddiy madaniyat darajasi yuqori bo’lganligidan darak beradi. 15-a. o’rtalarida portugaliyaliklar bu erga kelib, kora tanli qullarni Amerikaga sotish uchun olib keta boshlaganlar. 17— 18-a.larda qul savdosi avj olishi natijasida T.ning Jan.da aholi kamayib, bu hol mamlakat tarixiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. 19-a.ning 2yarmiga kelib, yirik davlat uyushmalari (Jan. da Eve uyushmasi, shim.da kotokoli va chokossi musulmon qabilalari uyushmasi) paydo bo’ldi. 19-a. oxirida T. hududini mustamlakachilar bosib ola boshladi. 1884 y. Germaniya komissari Naxtigal Togo ko’li yonidagi Eve uyushmasining hukmdori Mpla 111 bilan protektorat haqida bitim imzoladi. Natijada T. hududining katta qismida Germaniya hukmron bo’lib oldi. 1891-1901 y.larda mamlakat Jan.da mustamlakachilarga karshi qo’zg’olonlar bo’ldi. 1jahon urushida Germaniya mag’lubiyatga uchrashi natijasida Buyuk Britaniya T.ning g’arbiy qismini, Frantsiya Sharqiy qismini idora qilishga mandat oldi. 1946 y. Sharqiy va G’arbiy T. BMTning Buyuk Britaniya va Frantsiya boshqaruvidagi vasiylik hududi deb e’lon qilindi. 2jahon urushidan keyin frantsuz T.sida milliy mustaqillik harakati kuchaydya, unga T. Birlik qo’mitasi boshchilik qildi. 1956 y. frantsuz T.si Frantsiya hamjamiyati tarkibida o’zini o’zi boshqaruvchi respublika deb e’lon qilindi. Britaniya T.si 1956 y. referendum natijasida inglizlarning Oltin qirg’oq (1957 y.dan mustakil Gana davlati)ga qo’shildi. 1960 y. 27 apr.da T. mustaqil respublika deb e’lon qilindi. T. — 1960 y.dan BMT a’zosi. O’zR suverenitetini 1993 y. 10 noyab. da tan olgan. Milliy bayrami — 27 apr. — Mustaqillik kuni (1960). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. T. xalqi birlashmasi partiyasi, 1969 y. tuzilgan; yangilanish uchun harakat qo’mitasi partiyasi, 1991 y. tashkil etilgan; Adolat va demokratiya yo’lidagi ittifoq partiyasi, 1991 y. asos solingan; demokratiya va taraqqiyotni qo’llab quvvatlash birlashmasi partiyasi; yangi kuchlarni muvofiklashtirish partiyasi, 1993 y. tuzilgan. T. mehnatkashlari milliy konfederasiyasi, 1973 y. asos solingan. Xo’jaligi. T. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo’jaligi.ning ulushi 32%, sanoatniki 23%, xizmat ko’rsatish sohasiniki 45%. Qishloq xo’jaligida Ag’olining ¾ qismi band. Q.x.ga yarokli erlar 3,5 mln. gektar. Hududining 41% haydaladigan er va ko’p yillik ekinzorlar, 36%ga yaqini o’tloq va yaylov. Q.x.ning asosiy tarmog’i — dehqonchilik. Ichki ehtiyoj uchun maniok, yams, makkajo’xori, tariq, oq jo’xori, sholi, eksport uchun kofe, kakao, ham ichki ehtiyoj, ham chetga sotish uchun paxta, moyli ekinlar, kokos palmasi, er yong’oq, kanakunjut va b. etishtiriladi. Chorvachilik suet rivojlangan. Oz mikdorda qoramol, qo’y va echki, cho’chqa, uy parrandasi boqiladi. Dengiz, ko’l va daryolarda baliq ovlanadi. Yovvoyi mevalarni terish va ovchilikning ahamiyati katta. Sanoatining yangi tarmoqlari mustaqillik yillarida (konchilik, kimyo, to’qimachilik, metallurgiya, tsement) vujudga keldi, sanoat ishlab chiqarish. sur’atlari oshdi. Asosan, mayda korxonalar mavjud, hunarmandchilik rivojlangan. Lome poytaxt zonasi, shu jumladan dengiz porti zonasi asosiy ishlab chiqarish. markazidir. 70-y.larning oxiridan T.ning shim.Sharqiy qismida ham sanoat rivojlana boshladi. Mamlakat Jan.dagi Xaxotoe, Akumape, Kpogame atroflarida fosforit, Gnaulu atrofida dolomit, marmar, dengiz sohilidagi Anexo sh. yaqinida osh tuzi qazib olinadi. Yiliga o’rtacha 93 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Ishlab chiqarish. sanoati kimyo, oziq-ovqat, to’qimachilik, ko’npoyabzal, po’lat quyish, metall ishlash va b. mayda korxonalardan iborat. Lome yaqinida yiliga 1 mln. tonna neftni qayta ishlaydigan zd bor. Bundan tashqari, tsement, metallurgiya, plastmassa buyumlar, kislorod va atsetilen, gugurt, lokbo’yoq ishlab chiqarish. zavodlari qurilgan. Atakpame yaqinida yigiruvto’quv kti ishlaydi. Transporti. T.y. uzunligi 395 km, avtomobil yo’llari uz. 12 ming km, Lome sh.dan 9 km uzoklikda yirik dengiz porti mavjud. Havo transportida xalqaro yo’lovchilar va pochta tashiladi. Lome sh. yaqinida Tokuen xalqaro aeroporti bor. T. chetga fosforit, tsement, qishloq xo’jaligi. mahsulotlari chiqaradi, chetdan mashina va uskuna, kandshakar, guruch, sut mahsulotlari oladi. Asosan, Evropa Ittifoqi mamlakatlari, jumladan, Frantsiya hamda Kot D’ Ivuar, Nigeriya va b. mamlakatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi KFA franki. Maorifi va ilmiy muassasalari. T. mustaqilligi e’lon qilingandan keyin 6 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun majburiy boshlang’ich ta’lim joriy qilindi. Boshlang’ich maktab 6 y.lik, umumiy o’rta ta’lim maktabida o’qish muddati 7 y.: to’liqsiz o’rta maktab (kollej)da 4 y. va to’liq o’rta maktab (lisey) da 3 y. Hunartexnika ta’limi boshlang’ich maktab negizida, o’rta texnika ta’limi to’liqsiz o’rta maktab negizida 3-6 y. davomida amalga oshiriladi. Boshlang’ich maktab o’qituvchilari 2 ped. (normal) bilim yurtida 1-3 y. davomida, o’rta maktab o’qituvchilari esa pedagogika intida tayyorlanadi. Oliy ta’lim Lomedagi Benin unti (1965 y.dan kollej, 1970 y.dan unt) da olinadi. Unt tarkibida tibbiyotbiol. FTI, adabiyot maktabi, tibbiy fanlar maktabi, huquq va boshqaruv oliy maktabi, iqtisodiyot va biznes oliy maktabi, oliy muhandislik maktabi, oliy qishloq xo’jaligi. maktabi, sog’liqni saqlash va biol. fanlari inti, tibbiyot maktabi, milliy pedagogika inti, oliy jurnalistika inti bor. To’liqsiz oliy ma’lumot beradigan bir qancha kollejlar: Kpalimeda Agronomiya sohasida kasb ta’limi maktabi (1901), Lomeda me’morlik maktabi (1975), Milliy ma’muriy maktab (1958), Sokodeda texnika kolleji ham bor. I.t.lar Benin unti, demografiya muammolari tadqiqot inti, Afrika xalqaro huquq intida, Lomedagi to’qimachilik va paxta tadqiqot inti (1948), Milliy ilmiy tadqiqot inti (1965), ilmiy texnika tadqiqot byurosi (1949), tropik Agronomiya tadqiqot intida olib boriladi. Milliy kutubxona, unt kutubxonasi, Milliy muzey ham bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. T.da nashr etiladigan gaz. va jurlar: “jurnal ofisel de la Repyublik Togolez” (“Togo Respublikasining rasmiy gazetasi”, hukumatning frantsuz tilidagi kundalik xabarnomasi), “Togopress” (frantsuz, Eve va kabre tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1962 y.dan), “Togo dialog” (hukumatning oylik jurnali), “evey dyu Travayer Togole” (“Togo meqnatkashlarining uyg’onishi” (1 oyda 2 marta chiqadigan gaz.,). T. matbuot agentligi 1975 y. tashkil etilgan. T. (Xalqaro) radioeshittirishi — Lome radiosiga 1953 y., T. (Milliy) radioeshittirishiga 1979 y. asos solingan. Me’morligi va tasviriy san’ati. T. qishloqlari ko’pincha qir yon bag’irlariga joylashgan bo’lib, muayyan rejasiz qurilgan. O’rmonlar orasida doyra shaklida loydan qurilgan konussimon poxol tomli uylar uchraydi. Togli va Jan. viloyatlarda uylar yog’ochdan to’rt burchakli, tomi yassi yoki ikki tomonga Nishab qilib, Laguna sohillarida esa qoziq oyoklar ustiga quriladi. Shim,da atrofi devor bilan o’ralgan, bir necha 2-3 qavatli uylardan iborat qo’rg’onlar quriladi, Lome, Anexo, Kpalime, Sokode, SansanneMongo sh.larida ma’muriy markazlar va yangi turar joy mavzelarida evropacha binolar zamonaviy material hamda konstruktsiyalardan qurilgan. T. Jan.da yashovchi xalklar yogoch o’ymakorligi sohasida go’zal san’at asarlari yaratganlar. Ajdodlarning siymolari, “ibeji” deb atalgan juft haykalchalar shaklining mayinligi va nozikligi bilan ajralib turadi. Temir, yogoch, loydan yasalgan haykallar (urush xudosi Guning tasviri) va muqaddas hayvonlarning tasvirlari mashxur. 1960-y.lardan milliy rassomlik maktabi vujudga kela boshladi. Evropada va mahalliy rassomlik maktablarida ta’lim olgan rassom va haykaltaroshlar (P. Ayi, F. Sambiani, D. Gbenon, E. Dablya, R. Dalakena, L. F. Togbunu, D. Xuntse va b.) o’z asarlarida xalklar turmushi va hayotiy muammolarni aks ettiradilar. Badiiy hunarmandlikda yogoch, metall va fil suyagi o’ymakorligi, badiiy kashtachilik, savat to’qish keng tarqalgan. Teatr san’ati T. xalqlarining madaniy merosi, chunonchi an’anaviy urfodat va marosimlar, xalq bayramlari asosida shakllangan. Griotlar — sayyor baxshilar, xonanda va sozandalar ijodi xalq teatrini vujudga keltirish va rivojlantirishda boy manba bo’lib xizmat qildi. Ularning ko’ngilochar hajviy tomoshalarida xasislik, yolg’onchilik, riyokorlik mazax qilinardi. 20-a.ning 40-y.larida zamonaviy teatr rivojlandi. Maktablarda havaskorlik to’garaklari tashkil etildi. 60-y.larda havaskor teatr jamoalari paydo bo’ldi. 1963 y. dramaturglar M. Aytnard va D. Ananu rahbarligida T. yoshlarining teatr va folklor guruhi faoliyat boshladi. Lomedagi “Agokoli” yarim professional truppasi 70-80- y.larda ayniqsa mashhur bo’ldi. 1974 y. davlat ko’magi bilan teatr, balet va musiqa sektsiyalaridan iborat professional T. milliy truppasi tuzildi. 1970 y.dan drama san’ati va xalq qo’shiqlari ko’rikfestivallari o’tkaziladi. Tods Aleksander (1907.2.10, Glazgo — 1997.10.1) — ingliz organikkimyogari. Manchester unti kimyoviy lab.lari direktori (1938-44). Kembrij unti prof. (1944-71). Ilmiy siyosat bo’yicha Buyuk Britaniyaning davlat maslahat kengashi raisi (1952— 64). Asosiy ilmiy ishlari nukleotidlar, nukleotid koenzimlar va nuklein kislotalar kimyosiga oid. Ribozaning furan shaklini va glikozid markazining rkonfigurasiyasini aniqlagan (1939-41). Dezoksiuridin va barcha ribonukleozidlarni (1941-44), shuningdek, nukleotidadenil kislotani (1947) sintez qilgan, tarkibida 3’5’nukleotidlararo bog’i bo’lgan dinukleotid sintezini ilk bor amalga oshirgan (1955). London kimyo jamiyati prezidenti (1960-62). Nobel mukofoti laureati (1957).