Turkiston Rossiya imperiyasi tarkibida (XIX asr o’rtalari – 1917-yil)

1847-1864-yillar – Rossiya imperiyasi O’rta Osiyo hududini bosib olishining birinchi bosqichi.

1847-yil – Raim (Orol) qal’asi qurilishi.

1850-yil – Toshkentda Abulqosim shayx madrasasi qurilgan.

1850-1854-yillar – Chor Rossiyasi qo’shinlarining Semipalatinsk (Yettikapa-G’arbiy Sibir) tarafidan hujum boshlashi va Ili ortining bosib olinishi. Olmaota qishlog’ida Verniy istehkomiga asos solinishi.

1850-1903-yillar – O’zbek shoiri Muqimiy yashagan.

1851-yil 21-mart – 1914-yil 11-sentabr – Jadidchilik harakatining asoschisi Ismoilbek Gaspiranskiy yashagan.

1852-yil 9-oktabr – Qo’qon va Toshkentda qipchoqar qirg’ini va mingboshi Musulmonqulning qatl etilishi.

1852-1855-yillar – Xivada Muhammad Aminxon madrasasi va Kaltaminor qurilgan.

1853-yil – Rossiya imperaiyasining Qo’qon xonligi tasarrufidagi yerlarga bostirib kirishi.

1853-yil – Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy tomonidan Oqmasjid qal’asining bosib olinishi va “Perovskiy forti” qurilishi boshlanishi (bugungi kun Qizilo’rda).

1854-yil – Rossiya qo’shinlari tomonidan Sibir istehkomlari liniyasi tashkil etilishi.

1855-yil – Xivada Abdullaxon madrasasining qurilishi.

1855-yil – Xiva xonligi turkmanlar bilan uzoq kurashib, Marvni egallashga erishgan.

1855-yil – Qo’qon xonligida Chinobod kanali qurilgan.

1856-yil – Buxoro amiri Nasrulloxonning Shahrisabz va Kitobni bo’ysundirishi.

1856-1864-yillar – Xiva xoni Said Muhammadxonning hukmronlik davri.

1858-yil – Rus podsho hukumati tomonidan Xiva xonligi va Buxoro amirligi bilan siyosiy hamda savdo munosabatlari o’rnatish bahonasida, aslida josuslik maqsadida polkovnik N.P.Ignatev boshchiligida yuborilgan elchilar missiyasining kelishi.

1858-1862-yillar – Qo’qon xoni Mallaxon hukmronligi.

1858-1909-yillar – O’zbek shoiri Furqat yashagan.

1859-yil – Aleksandr II Qo’qon xonligini bosib olish to’g’risida qaror qabul qildi.

1860-yil – To’qmoq shahri aholisi chor qo’shinlariga qattiq qarshilik ko’rsatdi.

1860-1885-yillar – Buxoro amiri Muzaffarxonning hukmronlik davri.

1861-yil – Qo’qonda Hazrati Kalon Sohib madrasasi qurilgan.

1862-1863-yillar – Xudoyorxonning 2-marta xonlik taxtiga o’tirgan davr.

1863-yil – Chor qo’shinlari So’zoq ota qal’asini bosib oldi.

1863-1870-yillar – Qo’qonda Xudoyorxon saroyining qurilishi.

1863-1936-yillar – Xorazmdagi jadidchilik harakatining asoschilaridan biri Polvonniyoz hoji Yusupov yashagan.

1864-yil 4-aprel – Rossiya imperiyasi qo’shinlarining Turkiston shahrini egallashi.

1864-yil 4-iyun – Rossiya imperiyasi tomonidan Avliyootaning bosib olinishi.

1864-yil oktabr – Toshkent ahlining shaharni bosib olishga urinib ko’rgan general Chernyayev qo’shinlariga qarshi kurashi.

1864-yil – Chor qo’shinlari tomonidan Pishpak, To’qmoq va Chimkentning bosib olinishi. Yangi Qo’qon harbiy liniyasining tashkil etilishi.

1864-yil noyabr – Iqon jangi (Rossiya imperiyasi bosqinchilariga qarshi qo’qonlik sarbozlar va ko’ngillilardan iborat Vatan himoyachilari jangi) sodir bo’lgan.

1864-1910-yillar – Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz) ning hukmronlik davri.

1865-yil bahori – General M.Chernyayev qo’shini Niyozbek qal’asini bosib olgan; Bo’zsuv to’g’oni buzib tashlangan, Toshkent suvsiz qolgan.

1865-yil 8-may – Rossiya qo’shinlari bilan Toshkent mudofaachilari o’rtasida Darxon jangi sodir bo’lgan.

1865-yil 14-17-iyun – Toshkent Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi.

1865-yil 12-fevral – Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston oblastining tuzilishi; “Turkiston oblastini boshqarish haqida muvaqqat nizom” qabul qilingan.

1865-1868-yillar – Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyo hududini bosib olinishining ikkinchi bosqichi.

1865-1875-yillar – Xudoyorxonning 3-marta xonlik taxtiga o’tirishi.

1866-yil 24-may – Rossiya imperiyasi tomonidan Xo’jandning bosib olinishi.

1866-yil – Toshkentda o’ziga xo muassasa – mahkama joriy etilgan.

1866-yil – Rossiya qo’shinlarining Buxoro amirligi chegaralariga bostirib kirishi. O’ratepa, Jizzax va Yangiqo’rg’onni bosib olinishi.

1867-yil 11-iyul – Turkiston general-gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugining tashkil etilishi. Turkiston general-gubernatorlari: K.P.fon Kaufman (1867-1881), G.A.Kolpakovskiy (1881-1882), M.G.Chernyayev (1882-1884), N.O.Rozenbax (1884-1888), A.B.Vreskiy (1889-1898), S.M.Duxovskiy (1898-1901), N.A.Ivanov (1901-1904), P.N.Tevyashov (1904-1905), D.I.Subbotich (1905-1906), I.I.Grodekov (1906-1908), P.I.Mishchenko (1908-1909), A.V.Samsonov (1909-1913), Flug (1913-1915), Martson (1915-1916), A.N.Kuropatkin (1916-1917).

1867-yil – “Toshkent-observatoriya” meteoroligik stansiyasi tashkil etilgan.

1867-yil – O’rta Osiyoda dastlabki arxivni butlash ishlari boshlandi. Bugun u – O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxividir.

1867-yil – Turkiston bosh xaritasining tuzilishi.

1868-yil 4-fevral va 4-aprel – Toshkentda kuchli zilzila sodir bo’lgan.

1868-yil 13-fevral – Qo’qon xoni Xudoyorxon Rossiya imperiyasi bilan sharmandali shartnoma tuzgan.

1868-yil 2-may – Samarqandni rus qo’shinlari tomonidan bosib olinishi.

1868-yil 31-may – Kaufman qo’shinlari Kattaqo’rg’onni bosib oldi.

1868-yil 1-8-iyun – Mahalliy hukmdorlar va rus podsho hukumatiga qarshi Samarqandda xalq qo’zg’oloni sodir bo’lgan.

1868-yil 10-iyul – Zafarshon okrugi tashkil etildi.

1868-yil 2-3-iyun-Buxoro amiri qo’shinlarining Zirabuloq jangidagi talafoti.

1868-yil 23-iyun – Samarqandda imzolangan Buxoro-Rossiya shartnomasi va amirlikning Rossiyaga tobe bo’lishi.

1868-yil-1937-yil 12-may – O’zbek dostonchiligi asoschilaridan biri, baxshi Ergash Jumanbulbul o’g’li yashagan.

1869-yil oktabr-1870-yil sentabr – Bobon qo’zg’oloni (Zarafshon vohasida Rossiya imperiyasi mustamlakachilik istibdodi va mahalliy amaldorlar zulmiga qarshi ko’tarilgan dehqonlar qo’zg’oloni).

1869-1870-yillar – Qo’qon xonligida Ulug’nor (Ulug’nahr) kanali qazilgan.

1870-yil 14 avgust – Kitob (Jo’rabek) va Shahrisabz (Bobobek) bekliklaridagi qo’zg’olonning rus qo’shinlari tomonidan bostirilishi.

1870-yil – Xudoyorxon o’rdasi qurilishi.

1870-yil – Xivadagi Amir To’ra madrasasi qurilgan.

1870-yil – Qo’qonda Hokim oyim madrasasi qurildi.

1870-yil – Toshkentda tabiatshunoslik, antropoliya va etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston bo’limi tashkil qilingan.

1870-yil – Toshkent shahrida rus istilochilari tomonidan tashkil etilgan Turkistondagi ilk davlat matbuot “Turkestanskiye vedomosti” (“Turkiston viloyatining gazeti”) gazetasi chop etilgan.

1870-yil – Toshkent ommaviy kutubxonasi (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi) tashkil etilgan.

1870-yil – Pomir-Olay tog’ tizmasini N.A.Seversov tomonidan tadqiq etilishi.

1870-1875-yillar – Zarafshonning yuqori oqimidagi bekliklarni istilo etish maqsadida podsho Rossiyasi tomonidan uyushtirilgan harbiy yurishlar – Iskandarko’l harbiy ekspeditsiyalari.

1871-yil – Toshkentda o’zbek tilidagi 1-bosma kitob nashr etilgan.

1871-yil – Samarqandda ruslar yashaydigan yangi shaharga asos solingan.

1871-yil – Xivada Muhammad Rahimxon madrasai qurilgan.

1871-yil – Mingtepa Yetimxon boshchiligidagi g’alayon ko’tarilgan.

1871-1872-yillar – Sharqshunos olim A.I.Kun tomonidan “Turkiston albomi” (fotosuratlar va rangli rasmlardan tuzilgan albom) tayyorlangan.

1872-yil – Toshkentda ilk marotaba vabo epidemiyasi.

1872-yil – Qo’qonda Sulton Murodbek (Xudoyorxonning o’g’li) madrasasi qurib bitkazildi.

1872-yil-1955-yil 17-mart – O’zbek dostonchilaridan biri, baxshi Fozil Yo’ldosh o’g’li yashagan.

1873-yil 29-may – Rossiya tomonidan Xiva xonligining tobe qilinishi.

1873-yil 12-avgust – Rossiya bilan Xiva xonligi o’rtasidagi Gandirniyon shartnomasining imzolanishi va Amudaryoning o’ng sohili xonliklardan ajratilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Amudaryo okrugi (1883-yildan Amudaryo bo’limi)ning tuzilishi.

1873-yil 28-sentabr – Buxoro amirligi Rossiyaning protektori deb e’lon qilingan shartnoma imzolangan.

1873-yil – Toshkentda dastlabki telegraf aloqasi Toshkent-Orenburg o’rtasida o’rnatilgan.

1873-yil – Toshkentda Turkiston ipakchilik maktabi ochilgan.

1873-yil – O’zbekistonda birinchi ilmiy tadqiqot muassasasi – Toshkent astronomiya va fizika observatoriyasi (hozirgi Astronomiya instituti) tashkil etilgan.

1873-1876-yillar – “Po’latxon” qo’zg’oloni (Qo’qon xonligida xon va uning amaldorlari zulmiga va chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’oloni).

1873-yil fevral-1873-yil avgust – Rossiya imperaiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining uchinchi bosqichi.

1874-yil – Afrosiyob (qadimgi Samarqand) hududida dastlabki qazish ishlari olib borilgan.

1874-yil – O’zbekiston hududida poligrafiya sanoatining ilk korxonalaridan 1-toshbosma Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz)ning tashabbusi bilan o’z faoliyatini boshlagan.

1874-yil – Toshkentda 1-dorixona va dastlabki paxta tozalash zavodi qurilgan.

1874-yil 23-dekabr – Toshkentda Rossiya imperiyasi Davlat bankining birinchi bo’limi ochildi.

1874-1877-yillar – Andijon Jome masjidining qurilishi.

1875-yil 22-avgust – K.P.Kaufman qo’shini bilan qo’qonliklar o’rtasidagi Mahram jangi.

1875-yil – O’rta Osiyoda dastlabki rus qishloqlari paydo bo’ldi.

1875-yil 16-sentabr – Qo’qon shahri chor qo’shinlari tomonidan egallandi.

1875-yil – Xudoyorxonning Toshkentga qochishi va “Po’latxon” (Mulla Ishoq)ning taxtni egallashi.

1875-1876-yillar – Mustamlakachilik zulmiga qarshi Oloy vohasida Qurbonjon dodxoh (“Oloy malikasi”) qo’zg’oloni bo’lgan.

1875-1890-yillar – Rossiya hukumatining Turkistondagi ko’chirish siyosati; rus mujiklarining o’lkaga oqib kelishi.

1876-yil – M.D.Skobelevning Andijonga hujumi.

1876-yil – Toshkent muzeyi (1992-yil 21-apreldan O’zbekiston tarixi davlat muzeyi) tashkil etilgan.

1876-yil fevral-1876-yil 19-fevral – “Po’latxon” qo’zg’olonining bostirilishi va Qo’qon xonligi tugatilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Farg’ona viloyatining tashkil etilishi.

1877-yil – Yangi Marg’ilon (1907-1924-yillarda Skobelev-Iskobil, 1924-yildan Farg’ona) shahrining bino qilinishi.

1877-yil – Toshkent shahrida 1-tamaki fabrikasi qurilgan.

1878-yil – A.F.Middendorf Farg’ona vodiysini tadqiq etgan.

1878-yil-1938-yil 1-oktabr – birinchi o’zbek fotosuratchisi va kinochisi Xudoybergan Devonov yashagan.

1878-yil 12-iyul-1934-yil 24-avgust – Toshkentda ma’rifatparvar, journalist, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy yashagan.

1878-yil-1931-yil 23-aprel – Jadidchilik harakatining yo’lboshchici, ma’rifatparvar adib, shoir Munavvarqori Aburashidov yashagan.

1879-yil – Toshkentda Turkiston o’qituvchilar seminariyasi ochilgan.

1879-yil – Farg’ona chorizmga qarshi g’alayon.

1879-yil – Savdogar Nazarov tomonidan Toshkentda O’rta Osiyoda dastlabki paxta tozalash zavodi ishga tushirildi.

1880-yil – Xivada Otamurod Matriza qushbegi masjidi qurilgan.

1880-yil – Toshkentning Hadra dahasida O’zbekistonda 1-ayollar va bolalar shifoxonasi ochilgan.

1880-yil – Andijonda Olimxo’ja Muhammadjonov paxta tozalash zavodi qurgan.

1880-1885-yillar – Chor Rossiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining to’rtinchi bosqichi.

1880-1899-yillar – O’rta Osiyo temir yo’li (Samarqand-Andijon temir yo’li 1880-1898-yilda, Samarqand-Toshkent temir yo’l tarmog’i 1899) qurilgan.

1881-yil – Toshkentda gimnaziya tashkil qilingan.

1881-yil – Dastlabki tijorat banki – O’rta Osiyo tijorat banki ishlay boshladi.

1881-yil – Chor qo’shinlari Skobelev qo’mondonligida Ko’ktepa (Go’ktepa) qal’asini bosib oldi.

1881-1891-yillar – Sho’roxon va Chimboy uchastkalarida Bobo Ko’klan boshchiligidagi xalq qo’zg’oloni.

1882-yil – Kavkaz noibligi tarkibida tuzilgan Kaspiyorti viloyati keyinchalik Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirdi.

1882-yil – Yettisuv viloyati tuzilib, 1890-yilda Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirdi.

1882-1884-yillar – Turkiston o’lkasidagi boshqaruvni taftish qilgan Rossiya imperatorining maxfiy maslahatchisi F.Girls faoliyati.

1883-yil – Toshkent shahrida 1-katta tegirmon (zavod) (1898-yilda Samarqand shahrida ham) qurilgan.

1883-yil – Toshkentda o’zbek matbaachisi Esonboy Husanboyev tomonidan litografiya tashkil qilingan.

1884-yil yanvar – Toshkent musiqa jamiyati o’z faoliyatini boshlagan.

1884-yil 19-dekabr – Toshkentda dastlabki rus-tuzem maktabining ochilishi.

1884-yil – Xivada Otajonboy madrasasi qurilgan.

1884-yil – Turkiston o’lkasida “Amerika” paxta navini katta maydonlarda ekish boshlangan; Toshkent va Qo’qonda dastlabki yog’ zavodlari qurilgan.

1885-yil 25-iyul – Buxoro amirligi hududidan temir yo’l o’tkazishga kelishilgan shartnoma tuzilgan.

1885-yil – Andijon, O’sh va Marg’ilon uyezdlarida aholining mustamlakachilikka qarshi ommaviy chiqishlari bo’lib o’tdi.

1885-yil – Kaspiyorti (Zakaspiy) temir yo’l qurilishi.

1885-yil – Turkman urug’lari Rossiya imperiyasi tomonidan bo’ysundirildi.

1885-yil – Buxoroda Rossiya imperatorlik siyosiy agentligining ta’sis etilishi; Farg’onada Darvishxon to’ra qo’zg’oloni.

1886-yil 1-yanvar – Turkiston o’lkasida ichki bojlar bekor qilinib, rus va mahalliy mollardan yagona boj olish haqida qonun kuchga kirgan.

1886-yil 29-noyabr – Toshkentda kuchli zilzila sodir bo’lgan.

1886-yil-1938-yil 4-oktabr – Jadidchilik harakatining namoyandalaridan, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arbobi Fitrat yashagan.

1886-yil – Toshkent ommaviy kutubxonasi Turkiston ommaviy kutubxonasi deb nomlangan (1919-yil Turkiston xalq kutubxonasi deb atalgan).

1886-yil – Toshkent O’rta Osiyo sanoat va qishloq xo’jaligiga doir 1-Turkiston ko’rgazmasi ochilgan.

1886-yil – Turkiston o’lkasi sudlov tizimiga o’zgartirishlar kiritildi.

1886-yil – Rossiya imperatori Aleksandr II “Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom”ga imzo chekdi.

1886-yil – Shu yildan ko’chkinchilik siyosati o’tkazildi. Rossiya korxonalari tomonidan yerlarni sotib olinishi.

1887-yil 1-yanvar – Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi sobiq Zarafshon okrugi o’rnida Samarqand viloyati tuzilgan.

1887-yil – Toshkentda telefon aloqasi o’rnatilgan.

1887-yil – Rossiya bilan Shimoliy-G’arbiy Afg’oniston o’rtasida chegara chizig’ining o’rnatilishi.

1887-1888-yillar – Vose qo’zg’oloni (Buxoro amirligi hududida bo’lib o’tgan xalq qo’zg’oloni).

1888-yil 27-yanvar – O’rta Osiyo temir yo’li bilan dastlabki poyezd Buxoroga yetib keldi.

1888-yil 15-may – Kaspiyorti temir yo’li bilan dastlabki poyezd Samarqandga yetib keldi.

1888-yil – Amudaryo harbiy flotiliyasi tashkil etilgan.

1889-yil 22-fevral-1929-yil 18-mart – Shoir, dramaturg, jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy yashagan.

1889-yil dekabr – Yangi Urganch shahrida paxta-yog’ zavodi (hozirgi “Urganchyog’” aksiyadorlik jamiyati, 1994-yildan) ishga tushirilgan.

1889-yil – Kalifda qo’zg’olon bo’ldi.

1889-yil – rus olimi H.M.Yadrinsev tomonidan Mo’g’iliston Kultegin bitigini topishi.

1890-yil – Toshkentda Turkiston fani, sanoati va qishloq xo’jaligining 25 yillik yubileyiga bag’ishlangan ko’rgazma tashkil etilgan. O’lkashunos Akrom polvon Asqarov o’z eksponatlarini namoyish qilgan.

1892-yil 24-iyun – Toshkent qo’zg’oloni – “Vabo isyoni”.

1892-yil – Qo’qon uyezdida Sobirxon qo’zg’oloni.

1892-yil – Turkistonda “Davlat tartiboini va jamoat osoyishtaligini kuchaytirilgan tarzda qo’riqlash to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi.

1893-yil 13-fevral – Andijon yaqinidagi Qo’qon qishloq volostida xalq g’alayoni.

1893-yil – Dastlabki jaded maktablarining Samarqandda ochilishi; O’lkashunos, ilm-fan fidoiysi, numizmat Mirza Abdulla Buxoriy vafot etgan.

1893-1913-yillar – Xivada Qubla Tozabog’ saroyi qurilgan.

1894-yil 27-may – Rossiya va Buxoro o’rtasida iqtisodiy shartnoma imzolangan.

1894-yil 4-oktabr-1938-yil 10-aprel – yangi o’zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o’zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy yashagan.

1895-yil – Toshkentning Yangi shahar qismida rus teatri rasmiy ravishda ochilgan; Toshkent shahrida Turkiston arxeologiya havaskorlari to’garagi tashkil etilgan; Xo’jandlik ma’rifatchi Hoji Yusuf Mirfayoz o’g’li (1842-1924) musavvir va olimlar bilan birgalikda mukammal ishlangan Yer shari globusini yasagan. Unda 1000 dan ortiq geografik nomlar joylashtirilgan; Mashhur nemis polvoni Rippel (vazni 133 kg) Toshkentga kelganda toshkentlik Ahmad polvon (1865-1914) bilan sirkda bellashib mag’lub bo’lgan.

1896-yil yanvar – Dastlabki ilmiy-adabiy oylik jurnal “Sredne-aziatskiy vestnik” nashr etila boshlagan.

1896-yil 1-may-1957-yil 22-fevral – O’zbek musiqa teatri asoschisi, Turkiston Respublikasining 1-xalq hofizi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Muhiddin Qori Yoqubov yashagan.

1896-yil 8-may-1991-yil 14-yanvar – Xalq artisti Lutfixonim Sarimsoqova yashagan.

1896-yil 1-iyul-1938-yil15-mart – Davlat va siyosat arbobi Fayzulla Xo’jayev yashagan.

1896-yil 10-noyabr-1963-yil 27-sentabr – O’zbekiston xalq artisti Obid Jalilov yashagan.

1896-yil 20-dekabr (1897.1.1)-1972-yil 16-fevral – Xalq artisti Rahim Pirmuhammedov yashagan.

1896-yil – Samarqand statistika qo’mitasi muzeyi (hozirgi O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi davlat muzeyi, 1969-yildan) ochilgan.

1896-1966-yillar – O’zbekiston xalq rassomi, naqqosh Abdulla Boltayev yashagan.

1897-yil – rus olimi D.A.Klemens va uning xotini Ye.Klemenslar tomonidan Mo’g’ulistondan To’nyuquq bitigi (712-716-yillarda yozilgan)ni topilishi.

1897-yil 5(17)-yanvar-1976-yil 23-aprel – O’zbekiston xalq artisti, betakror Yunus Rajabiy yashagan.

1897-yil 2-sentabr 1970-yil 18-mart – Matematik olim, O’zbekiston FA ning 1-prezidenti (1943-47) T.N.Qori-Niyoziy yashagan davr.

1897-yil 11-oktabr-1955-yil 15-oktabr-O’zbekiston xalq artisti, dramaturg Mannon Uyg’ur yashagan.

1897-yil – Toshkentda 1-ovozsiz film namoyish qilingan.

1897-yil – Kattaqo’rg’onda yog’ zavodi qurilgan.

1897-1898-yillar – Toshkentda ilk bor vodoprovod qurilgan.

1898-yil 17-18-may – Andijonda Dukchi Eshon (Muhammadali xala Sobir o’g’li) qo’zg’oloni.

1898-yil – “Russkiy Turkestan” ijtimoiy, iqtisodiy va adabiy gazetasi rus tilida nashr etila boshlangan.

1897-yil-1938-yil 4-oktabr – Mashhur shoir va yozuvchi, jamoat arbobi Cho’lpon yashagan.

1899-yil 28-mart – Qoraqalpoqlar yashaydigan Chimboy uchastkasida g’alayon.

1899-yil – Andijonda temir yo’l harakati ochilishi.

1899-yil – Samarqand-Toshkent temir yo’lining ishga tushirilishi.

1899-1911-yillar – Farg’ona viloyati, xalq muzeyi (hozirgi Farg’ona viloyat o’lashunoslik muzeyi, 1938-yildan) tashkil etilgan.

1899-1983-yillar – O’ymakor-naqqosh Qodirjon Haydarov yashagan.

XIX-asr oxiri – Marg’ilonda Said Ahmadxo’ja madrasasi qurilgan.

1900-yil 27-yanvar – Rossiya va Buxoro o’rtasida Amudaryo qirg’og’idagi yerlar harbiy istehkomlar va chegara to’siqlari qurilishi uchun ajratilib, mustamlakachilar qo’liga berish to’g’risidagi shartnoma imzolangan.

1900-yil 1-mart-1966-yil 3-oktabr – Xalq artisti Abror Hidoyatov yashagan.

1900-yil – Toshkentda Bosh temir yo’l ustaxonalari (Teplovoz remonti zavodi) tashkil qilingan.

1900-yil – Toshkentda Sharq tillari ofitserlar maktabi tashkil etilgan.

1900-1906-yillar – Rus tadqiqotchisi L.S.Bergning Orol ekspeditsiyasi.

1901-yil – Toshkentda dastlabki temir yo’l vokzali qurilgan.

1901-yil – O’rta Osiyodagi dastlabki seysmik stansiya (“Toshkent”)ga asos solingan.

1901-yil – Peterburg sharqshunoslik jamiyatining Toshkent bo’limi tashkil etilgan.

1901-yil – Toshkentda ko’nkaning dastlabki yo’li ishga tushirilgan.

1902-yil 16-dekabr – Andijonda kuchli zilzila sodir bo’lgan.

1902-yil – Xiva xonligida dehqonlar qo’zg’oloni va uni Chor qo’shinlari bostirishi.

1903-yil 29-yanvar-1965-yil 19-oktabr – Xalq hofizi Jo’raxon Sultonov yashagan.

1903-yil 10-may 1966-yil 10-iyul – Shoir G’afur G’ulom yashagan.

1903-yil – Toshkentda teatr tomoshalari uchun mo’ljallangan bino – “Kolizey” qurilishi boshlangan.

1903-yil – Chor hukumati “qishloq ahli va mehnatkashlarni Sirdaryo, Farg’ona va Samarqand viloyatlariga ko’ngilli tartibda ko’chirib keltirish haqida Nizom”ni e’lon qildi.

1904-yil 14-yanvar – Xalq rassomi O’rol Tansiqboyev yashagan.

1904-yil 2-may-1978-yil 17-noyabr – Xalq artisti Komil Yormatov yashagan.

1904-yil – O’zbekistonda dastlabki Chimyon neft koni (Farg’ona vodiysi) ochilgan.

1904-yil – Oltiariqda neft zavodi ishga tushirilgan.

1904-yil-19530yil 29-oktabr – Xalq artisti Nabi G’aniyev yashagan.

1904-yil – Toshkentda simfonik va kamer musiqali havaskorlari to’garagi tashkil topdi.

1904-1907-yillar – Namoz Pirimqulov boshchiligidagi dehqonlar isyoni.

1905-yil 10-yanvar – Xalq yozuvchisi Oybek yashagan.

1905-yil 14-may – Shoir Uyg’un yashagan.

1905-yil – Xivadagi Matsanoboy, Polvonqori va Qozikalon madrasalari qurilgan.

1906-yil 16 (29)-mart-1991-yil 30-iyun – Xalq artisti Tamaraxonim (T.A.Petrosyan) yashagan.

1906 yil – Xivadagi Abdurasulboy madrasasi qurilgan.

1906 yil 14(27)-iyun – Toshkent shahrida jadidlarning “Tarqaqiy” gazetasi nashr etilgan.

1906 yil – Orenburg temir yo’li Toshkentgacha uzaytirilib, Kavkazorti temir yo’li bilan tutashtirilgan.

1906 yil – Xivadagi Yusuf yasovulboshi madrasasi qurilgan.

1906 yil – Xivada Abdurasulboy madrasasi qurilgan.

1907-yil 6-may – Qo’qonda 1-kredit shirkati o’z faoliyatini boshlagan.

1907-yil 17-sentabr-1968-yil 25-may – Xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor yashagan.

1907-yil 1-dekabr – “Shuhrat” nomli milliy, adabiy, ilmiy va siyosiy gazeta chiqa boshlagan.

1907-yil – A.Steyn (1862-1943) tarafidan Dunxuan (XXRning Gansu viloyati) va Turfonda (Sharqiy Turkiston) sug’d hujjatlari topilgan.

1908-yil 7-sentabr – Faylasuf olim va jamoat arbobi, akademik Ibrohim Mo’minov yashagan.

1908-yil – Turkiston o’lkasi tabiatshunoslari va vrachlari jamiyati tashkil etilgan.

1908-yil – Toshkentda toshbosma usuli bilan mahalliy tilda kitob nashr etilgan “G’ulomiya” bosmaxonasi ochilgan.

1908-1909-yillar – V.L.Vyatkin Ulug’bek rasadxonasining xarobalarini va uning asosiy asbobi-kvadratini kavlab topgan.

1908-1910-yillar – Xivada Islomxo’ja madrasasi va minorasi qurilgan; Senator graf K.K.Palenning Turkiston o’lkasini taftish qilishi (taftish natijalari Sankt-Peterburgda 1909-1910-yillarda 13 kitob holatida chop etilgan).

1908-1914-yillar – Buxoro jadidlari tashkil etgan “Tarbiyai At-fol” (“Bolalar tarbiyasi”) ma’rifiy jamiyatining faoliyat davri.

1909-yil 12-dekabr-1944-yil 3-iyul – Shoir, publitsist, adabiyotshunos Hamid Olimjon yashagan.

1909-yil – Qarshi shahrida Abdulazizxo’ja madrasasi qurilgan.

1909-yil – Toshkentda besh dizelli (quvvati 459 kvt) dastlabki elektr stansiya qurilgan.

1909-1910-yillar – Kattaqo’rg’on hududida Qalandarxona masjidi qurilgan.

1910-yil 30-may-1978-yil 25-yanvar – Shoir Mirtemir yashagan.

1910-yil 24-sentabr-1977-yil 14-fevral – Xalq artisti Olim Xo’jayev yashagan.

1910-yil – Yosh xivaliklarning Xiva xonligida islohotlar o’tkazishga urinib ko’rishi.

1910-yil 30-noyabr-1981-yil 5-may – Xalq artisti Razzoq Hamroyev yashagan.

1910-yil – Xiva shahrida 1-kinoteatr – “Xiva” ishga tushirilgan.

1910-1920-yillar – Mang’itlar sulolasidan bo’lgan Buxoro amiri Olimxonning hukmronlik davri.

1910-1920-yillar – Buxoro amirligida Yosh buxoroliklar partiyasining faoliyati.

1911-yil 7-noyabr-1994-yil 23-noyabr – Xalq artisti Nabi Rahimov yashagan.

1911-yil – Ahmad polvonning Germaniya chempioni Gyugner ustidan g’alabasi.

1911-yil – Mustamlaka ma’muriyati tomonidan Turkistonda 50 ta yangi usul maktablarining yopib qo’yilishi.

1911-yil-1913-yillar – Dastlabki havaskorlar teatrlarining tashkil etilishi.

1912-yil 11-mart-1913-yil 12-yanvar – Kogon shahrida jadidlar gazetasi – “Buxoroyi sharif” nashr etilgan.

1912-yil 22-aprel – Xalq artisti, kinorejissyor Malik Qayumov tavallud topgan.

1912-yil 11-iyun-1975-yil 15-dekabr – Xalq artisti, o’zbek operasi asoschisi, kompozitor Muxtor Ashrafiy yashagan.

1912-yil 14-iyul-1913-yil 2-yanvar – Buxoro jadidlari tomonidan Yangi Buxoroda “Turon” gazetasi nashr etilgan.

1912-yil 18-avgust-1995-yil 13-may – Xalq rassomi Chingiz Ahmarov yashagan.

1912-yil 31-avgust – Geolog olim, davlat va jamoat arbobi Abdullayev Habib Muhamedovich yashagan.

1912-yil 13-noyabr – Shoir Usmon Nosir yashagan.

1912-yil – Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidan eng qadimgi qoyatosh rasmlari – Zarautsoy rasmlari topilgan.

1912-yil – Toshkent elektr bilan yoritish boshlangan.

1912-yil – Toshkent yaqinidagi Troiskiy lagerida turgan sapyorlar qo’zg’oloni.

1912-1914-yillar – Namangandagi Ishoq shayx masjidi qurilgan.

1913-yil 15-aprel – Samarqand shahrida jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy “Samarqand” gazetasi chiqqan.

1913-yil 7-dekabr-2003-yil 3-yanvar – Xalq artisti, opera xonandasi Halima Nosirova yashagan.

1913-yil – O’zbek ziyolilarining Toshkent shahrida “Turon” teatr truppasi tashkil topgan (1918-yil unga “davlat teatri” maqomi berilgan; 1929-yil Hamza nomi, 1933-yil “akademik drama teatri” maqomi berilgan, 2001-yil 21-sentabrda teatr nomi o’zgartirilib O’zbek milliy akademik drama teatri deb atala boshladi).

1913-yil – Afrosiyobda arxeologik qazilmalar natijasida mahobatli rangtasvirning noyob namunalari-Afrosiyob devoriy rasmlari (arxeolog V.Vyatkin tomonidan) ochilgan.

1913-yil – Toshkent shahrida tor izli (1936-yilda keng izli) elektr toki bilan yuradigan tramvay qatnay boshlagan.

1914-yil 15-yanvar – Samarqandda (27-fevralda Toshkentdagi Kolizey teatri binosida) M.Behbudiyning “Padarkush” dramasini sahnalashtirish bilan yangi o’zbek teatri o’z faoliyatini boshlagan.

1914-yil 3-aprel-1915-yil 26-may – Jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy “Sadoi Farg’ona” (“Farg’ona ovozi”) gazetasi Qo’qonda nashr qilingan.

1914-yil 4-aprel 1915-yil 10-aprel – Jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy “Sadoi Turkiston” (“Turkiston ovozi”) gazetasi. Toshkentda nashr qilingan.

1914-yil – Farg’ona viloyatidagi Rishton neft-gaz koni topilgan.

1914-yil 1-avgust – Birinchi jahon urushining boshlanishi.

1914-1921-yillar – Xiva xonligida Yosh xivaliklar partiyasining faoliyati.

1915-yil 1-mart-1996-yil 1-avgust – Shoira Zulfiya yashagan.

1915-yil 10-sentabr 1995-yil 17-dekabr – Matematik olim, O’zbekiston FA ning akademigi Toshmuhammad Sarimsoqov yashagan.

1915-yil – Qo’qonda dastlabki teatrning tashkil etilishi (Hamza tomonidan).

1915-yil dekabr – Toshkentda qimmatchilikka qarshi “ayollar isyoni”.

1916-yil 5-may-2002-yil 16-iyun – Xalq artisti, kompozitor Mutal Burhonov yashagan.

1916-yil 25-iyun – Podsho Nikolay II ning “Imperiyadagi rus bo’lmagan erkak aholini harakatdagi armiya rayonida mudofaa inshootlari va harbiy aloqa yo’llari qurish uchun olib boriladigan ishlarga, shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo’lgan boshqa har qanday ishlarga jalb qilish haqida” Farmoni e’lon qilingan. Bu Farmon mardikorlik nomi bilan tarixga kirgan.

1916-yil iyul – O’rta Osiyoda milliy-ozodlik qo’zg’oloni.

1916-yil 4-iyul – Xo’jandda qo’zg’olonning boshlanishi. Qo’zg’olonchilarning o’qqa tutilishi.

1916-yil 3-21-iyul – Mardikorlikka olishga qarshi Jizzax qo’zg’oloni.

1916-yil 11-iyul – Toshkentda mardikorlikka qarshi xalq qo’zg’oloni.

1916-yil 17-iyul – Turkistonda harbiy okrugida harbiy holat joriy qilingan.

1916-yil 29-iyul – Amudaryo bo’limining Saribiy bo’lisi aholi qo’zg’oloni. Chimboyda g’alayon.

1916-yil 18-sentabr-1917-yil fevral – Turkiston o’lkasida mardikorlikka olish jarayoni.

1916-yil – Xiva xoni va Rossiya mustamlakachiligiga qarshi Xiva qo’zg’oloni ko’tarilgan.

1916-yil – Skobelev (hozirgi Farg’ona) shahrida Muhiddin Qori Yoqubov cholg’u asboblari ansambli tashkil etgan.

1917-yil 14-mart – Toshkentda “Sho’roi Islomiya” tashkiloti tuzilgan.

1917-yil 31-mart – Turkistonda harbiy hokimiyat fuqarolik hokimiyatidan ajratilgan.

1917-yil 5-aprel – “Yosh xivaliklar”ning islohot to’g’risidagi manifestiga xonning imzo chekishi va Xiva xonligida konstitutsion monarxiyaning o’rnatilishi.

1917-yil 7-aprel – Buxoro amiri Said Olimxonning islohotlar joriy etish bo’yicha manifesti (farmoni) e’lon qilingan.

1917-yil 8-aprel – Amir Said Olimxon Farmonini qo’llab-quvvatlash uchun o’tkazilgan Buxorodagi 1917-yil aprel namoyishi. Keyinchalik amir o’z Farmonini bekor qilgan.

1917-yil 15-aprel – “Nasha gazeta” (hozirgi “Pravda Vostoka” gazetasi)ning 1-soni chiqqan.

1917-yil 20-aprel – Xivada yosh xivaliklar tomonidan tuzilgan Majlis (Deputat palatasi)ning birinchi sessiyasi. Nozirlar kengashi tuzilishi.

1917-yil 16-23-aprel – Butunturkiston musulmonlarining 1-qurultori bo’lib, unda Turkiston o’lka musulmonlari kenashi (Kraymussovet) tashkil qilindi.

1917-yil 25-aprel – Toshkentda tashkil topgan ziyolilar “Ittifoq” jamiyatining “Ulug’ Turkiston” gazetasi nashr etilgan.

1917-yil iyun – “Sho’roi Ulamo” tashkiloti tuzilgan.

1917-yil 20-iyul-1975-yil 5-noyabr – O’zbekiston va Turkmaniston xalq artisti Komiljon Otaniyozov yashagan.

1917-yil 10-11-sentabr – Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi bo’lgan.

1917-yil 17-20-sentabr – Toshkentda Turkiston va Qozog’iston musulmonlarining qurultoyi bo’lib, unda Turkiston mintaqasi uchun umumiy “Ittifoqi Muslimin” siyosiy partiyasi tuzildi.

1917-yil oktabr – Qo’qon shahrida “El bayrog’i” (hozirgi “Farg’ona haqiqati”, 1993-yildan) gazetasi nashr etilgan.