Go’sht
Go’sht — qimmatli oziq-ovqat mahsuloti; so’yilgan hayvon nimtasi yoki nimtasining bir qismi. G. inson iste’- mol qiladigan oziq-ovqatdagi oqsilning asosiy manbai hisoblanadi. G.ning tu- zilishi va ta’mi, sifatlari hayvonlar turi, zoti, jinsi, yoshi, boqish va saqlash sharoitlariga bog’liq. Hayvonlarning turiga qarab, mol (qoramol), qo’y, ot go’shti va b.ga ajratiladi. Qoramol, qo’y, echki g.i sifati va semizligiga qarab bi- rinchi va ikkinchi toifalarga bo’linadi. G. mushak to’qimalarining kimyoviy tar- kibi (%): suv 72-75, oqsil 18-22, yog’va yog’simon moddalar 0,5—3,5, azotli eks- trativ moddalar 1 — 1,7, uglevodlar 0,7— 1,4, mineral moddalar 0,8—1,8. G.ning sifat jihatdan eng muhim qismi mushak to’qimalari hisoblanadi. G.da uning miqdori 40-70% ga boradi. Mushaklar oqsillarida hayotiy zarur aminokislota- lar bor. Mushak tolalaridagi myoglobin oqsili g.ga qizil tus beradi. G.ning is- te’mol qilinadigan qismining mineral tarkibi (mg%): fosfor 180-230, kaliy 200— 300, kaltsiy 7-15, magniy 17— 25, temir 1,5—3,0 va b. G. tarkibida yana turli xil kislotalar, vitaminlar (RR, V,, V2, E va b.) bo’ladi. G.ning saqlanish muddatini uzaytirish uchun muzlatiladi, tuzlanadi, dudlanadi (q. Go’sht sanoati). Tal’at Akmalxonov.