Gaz va suyuqliklarning oqishi
Gaz va suyuqliklarning oqishi — gazsimon moddalar va suyuqliklarning bosim ta’sirida harakatlanishi. Gaz (yoki suyuqlik) sekin oqqanda qatlamlari o’zaro parallel joylashadi. Bunday oqim laminar oqim deyiladi. Gaz (yoki suyuqlik) tez oqsa, qatlamlari o’zaro aralashib ketadi. Bunday oqim turbulent oqim deyiladi. Gaz va suyuqlik katlamlari bir-biriga nisbatan harakatlanganda ular orasida ichki ishqalanish kuchi, ya’ni qovushoqlik paydo bo’ladi. Nay ichida laminar oqimning turbulent oqimga utishi Reynolde soni pzV b-n ifodalanadi. Bunda: r — gaz yoki suyuqlik zichligi, 8 — oqish tezligi, g — nay-ning radiusi, g| — qovushoqlik koeffisienti. Gazlarning qovushoqlik koeffisienti suyuqliklarnikidan bir necha yuz baravar kichik bo’ladi. Gaz yoki suyukdik nayda okishi uchun nayning ikki uchida bosimlar farqi Ar=r,—R2 bo’lishi shart. Laminar oqim uchun ma’lum vakt ichida naydan oqib o’tgan gaz (yoki suyuqlik) hajmi Puazeyl formulasi b-n ifodalanadi: V = vro ,8l” (bunda Ar— bosimlar farqi, / — nay uzunligi). Juda past bosimda (vacuum da) gazlarning oqishi normal sharoitdagidan farq qiladi. Gaz oqkan vaqtda molekulalari bir-biri b-n to’qnashmasa, bunday oqim molekulyar okim deyiladi. Molekulyar okimda naydan oqib o’tgan gaz miqdori molekulalar tezligiga va nay radiusining kubiga to’g’ri proportsional, qovushoqlik koeffisientiga bog’liq emas. G. va s.o.ni o’rganish aerodinamika, gaz dinamikasi fanlarining asosiy masalalaridan hisoblanadi.