Gurzi, gurz
Gurzi, gurz — kadimdan ishlatib ke- lingan jang quroli. Turkiy xalqlar ora- sida cho’moq, cho’qmor, to’puz, bulav deb ham yuritilgan. Yarim metr chamasi pishiq yog’och dasta uchiga og’ir metalldan tikan- li qilib ishlangan shar o’rnatilgan. G.ning olti qirrali-shashpar, sigir boshi shaklli — govsar turlari mavjud bo’lgan. G. b-n asosan og’ir suvoriylar qurollantirilgan. 17-a.dan Ukrainada hukmronlik (getmanlik) belgisi sifa- tida qo’llanilgan.