Guno (Gounod) Sharl Fransua

Guno (Gounod) Sharl Fransua (1818.17.6, Parij – 1893.18.10, Sen- Klu, Parij yonida) — frantsuz kompo- zitori, organchi, dirijyor. Frantsuz lirik operasining yaratuvchilaridan va yirik vakili. Eng yaxshi operalari dramaturgik o’zgarishlarga boyligi, ma- ishiy sahnalarning qayotiyligi, kuy- ohanglarning samimiyligi va frantsuz milliy musika an’analariga yaqinligi, garmoniya va cholg’ulashtirish vositala- rining nafisligi b-n ajralib turadi. 12 opera (jumladan “Safo”, 1850; “FA- ust”, 1859; “Mireyl”, 1864; “Romeo va Juletta”, 1864), 2 simfoniya, diniy mavzudagi oratoriya, messa va Rekviem- lar, cholg’u ansambllari, fortepiano pesalari, xorlar, 200 dan ortiq ro- Mans va qo’shiqlarning muallifi. G.ning “Faust”, “Romeo va Juletta” operala- ri Navoiy teatrida muntazam qo’yilib kelmoqda.