Guntekin Rashod nuri

Guntekin Rashod nuri (1892, is- tanbul — 1956, London) — turk yozuv- chisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshu- nos. Istanbul un-tini tugatgan (1912). Dastlabki asarlari (“eski oshna”, 1917; “Xanjar”, 1918; “sirli qo’l”, 1921 va b.)da kiborlar jamiyatiga xos illatlar fosh etilgan. Yozuvchining mashhur asar- laridan biri “Choliqushi” (1922) Roma- nida turk qishloqlarining yorqin manza- rasi chizilgan, asar qahramonlari hayoti, sarguzashtlari tasvirlangan. “Tamg’a” (1925), “shafqat qiling”, “yashil tun” (1928), “xazonrezgi” (1930) romanlari- da zamonasining o’tkir ijtimoiy ma- salalari, inson va jamiyat, yashashning ma’nosi kabi muammolarni ko’tarib chiqadi. G. 24 roman, 7 hikoyalar to’plami, qator pesalar yozgan, 24 jildli asarlar to’plami nashr etilgan (1958 — 61). U “Lev Tolstoy” monografiyasi (1933) mu- allifi. G. asarlari ko’p tillarga tarji- ma qilingan. “Choliqushi” (1959, 1965, 1968, 1988, 1999, Mirzakalon Ismoiliy tarjimasi) va b. romanlari o’zbek tilida nashr etilgan.