“Toshqishloqmash” aktsiyadorlik jamiyati

“Toshqishloqmash” aktsiyadorlik jamiyati, “Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozligi zavodi” aktsiyadorlik jamiyati — yirik sanoat korxonalaridan biri. “O’zqishloqxo’jalikmash xolding” kompaniyasi tarkibiga kiradi. Paxta terish mashinalari, ehtiyot qismlar, emxashak yig’ishtirish texnikasi, kartoshka kavlagich, tuproq frezalari, diskali boronalar, gidrosilindrlar, xalq iste’moli buyumlari ishlab chiqaradi. 1927 y.da Bosh paxta komiteti (Glavxlopkom)ning Markaziy mexanika ta’mir ustaxonasi negizida tashkil etilgan. “Selmash” zdining 1navbati 1931 y. 1mayda ishga tushirilgan. 1931-41 y.larda zd g’o’za qator oralarini yumshatadigan va paxtaga dastlabki ishlov beradigan mashinalar ishlab chiqargan. Urush yillarida zd armiya uchun qurolaslahalar etkazib berdi. 1937 dan pnevmatik paxta terish mashinasi, 1949 dan bir qatorli SXM48 markali mexanik paxta terish mashinalari ishlab chiqardi; 1959 dan birmuncha takomillashgan ikki qatorli XVS1,2 mashinalarini ishlab chiqarish.ga o’tdi va paxta terish mashinalari ishlab chiqarish.ga to’la ixtisoslashdi. Mashinalarning 11 asosiy markasi va modernizasiyalangan 5 turi (bir, ikki, to’rt qatorli vertikal shpindelli va gorizontal shpindelli, qator oralari 60 va 90 sm li; ingichka tolali paxtani terishga mo’ljallangan; pnevmatik podborshchik va kichik gabaritli tozalagich bilan jihozlangan paxta terish mashinalari) ishlab chiqarildi. 1994 da zd aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Korxonada 1997 y.da AQShning “Keys Korporeyshn” firmasi bilan hamkorlikda “O’zKeysmash” O’zbekistonaqsh qo’shma korxonasida “Keys2022” gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi, “Keys” terim apparati bilan jihozlangan XMG04 gorizontal shpindelli paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish o’zlashtirildi. 2000 y.da 337 dona paxta terish mashinalari tayyorlandi.