Tillar oilasi
Tillar oilasi — kelib chiqishi jihatidan o’zaro qarindosh, tuzilishi va ayrim leksikgrammatik xususiyatlariga ko’ra o’xshash tillar majmui. T.o.ni tashkil etuvchi tillarning bir-biriga yaqin yoki uzoq qarindoshligi tilshunoslikda qiyosiytarixiy metod orqali belgilanadi. Oila tushunchasi terminologik jihatdan hajman o’zgaruvchandir. Qarindosh tillarning ayni bir majmuasi gog’guruh deb, goh oila deb atalishi mumkin. Mas., eroniy tillar o’z ichki bo’linishi nuqtai nazaridan oila deb, hindevropa tillari oilasiga mansubligi jihatidan esa guruh deb atalishi mumkin. Aniqlanishi qiyin va o’zaro ancha uzoklashib ketgan tillarning oilalari (mas., indeys tillari) uchun “makrooila”, “filiya”, “FILA” terminlari ham qo’llanadi. Har bir T.o. bir necha o’nlab tillarni o’z ichiga oladi va ular, o’z navbatida, birbiriga yaqinligiga qarab, tarmoqlarga (shoxobchalarga)bo’linadi.Tarmoqlardagi tillarning o’zaro yaqinligi ham bir xil bo’lmaydi. Shunga ko’ra, ular guruhlarga, guruxlar esa guruhchalarga bo’linib, tasnif va tavsif etiladi. Mas., uzbek, Uygur, qirg’iz, qozoq, Tuva, qaraim, tatar, boshqird, turkman, Ozarbayjon, turk, gagauz, chuvash singari 20 dan ortiq til turkiy T.o.ni tashkil etadi. Ushbu oila, o’z navbatida, 6 ta guruh va guruhchalarga bo’linadi (A.N.Samoylovich tasnifi). Jahon tillarini 200 y.dan beri qiyosiytarixiy metod asosida tadqiq etish natijasida T.o.ning genealogic (kelib chiqishiga ko’ra) tasnifi yaratilgan. Lekin ayrim ulik tillar va jon – li tillar (mas., yapon, koreys, Ayn, bask tillari va b. tillar) etarli darajada o’rganilmaganligi tufayli, ularni biror til oilasiga kiritish qiyin. Tillarni anik,, batafsil o’rganish, tadqiq etish T. o.ni to’g’ri belgilashga yordam beradi. Keyingi yillardagi tadqiqotlar tufayli hom T.o. yo’qligi, balki bitta somhom (afroosiyo) T.o. borligi aniqlangan. Bir qator tilshunoslar mo’g’ul, tungusmanjur va turkiy tillarni (bularning har biri alohida T.o. hisoblanadi) bir umumiy T. o.ga — Oltoy T.o.ga birlashtiradilar. Boshka guruh tilshunoslar esa Oltoy, hindevropa, somhom, Ural, dravid kabi tillar (juda qad. zamonlarda) qarindosh bo’lgan deb, ularni bitta T.o.ga birlashtirganlar (q. Nostratik tillar). Lekin bunday faraziyalar hozircha o’z isbotini topgani yo’q. Amerika va Afrikadagi mahalliy aholining tillari juda ko’p va xilmaxil bo’lsada, ularning aksariyati yaxshi o’rganilmagan. Ularning kam o’rganilganligi hamda mahalliy tillarning borgan sari kamayib borayotganligi ushbu hududlarda T.o. ni to’g’ri belgilashga imkon bermaydi. Shunday bo’lsada, indeys tillarining shim. Amerikada 7 ta, Meksika va Markaziy Amerikada 3 ta, Jan. Amerikada 20 dan ortiq oilasi borligi aniqlangan. Har bir oila 15— 20 tadan 100 tagachatilni qamrabolgan. Mac, Markaziy va Jan. Amerikada keng tarqalgan chibcha T.o., o’z navbatida, 20 guruhga bo’linadi va jami 70 ga yaqin tilni qamrab oladi. Hoz. jahonda tillarning umumiy soni 2500 tadan 5000 tagacha deb taxmin qilinadi. Biroq tillar va T.o.ning aniq miqdorini aytish qiyin, chunki turlituman tillar va bir tilning lahjalari o’rtasidagi tafovutlar ko’pincha shartli xususiyatga ega. Bir qator tillarning haqiqatan mustaqil tilmi yoki lahjami ekanligi anik, belgilanmagan. Ayrim chalkashlik yoki olimlar urtasidagi kelishmovchiliklarga qaramay, tillarning genealogik tasnifi 2000 dan ortik, tilni bir necha T.o.ga (hindevropa, finugor, turkiy, mug’ul, somhom, tungusmanjur, xitoytibet, dravid, papuas, indeys, nigerkongo, Sudan va b. T.o.ga) birlashtiradi. Ad.: Ivanov V.V., Genealogicheskaya klassifikasiya Yazikov i ponyatie yazikovogo rodstva, M., 1954; Teoreticheskie Osnovi klassifikasii Yazikov mira, M., 1980; Reformatskiy A.A., Vvedenie v yazikovedenie, M., 1998.