Televizion antenna
Televizion antenna – televizion tasvir signallari va tovushni qabul qilish yoki uzatish uchun % mo’ljallangan qurilma. Uzatuvchi va qabul qiluvchi; metrli va desimetrli diapazonda ishlaydigan turlari bor. Uzatuvchi T.a., odatda, gorizon s tal simmetrik vibratorlar tizimidan iborat. Vibratorlarning joylashishi yo’nalganlik diagrammasi (yd)ning shakli (q. Antenna) va kuchaytirish koeffisienti (kk) bilan aniklanadi. Uzatuvchi T.a. yo’nalganlik diagrammasi gorizontal tekislikda doiraviy, vertikal tekislikda esa yaproq shaklida bo’ladi. Agar antenna tayanchining ko’ndalang kesimi va kuchaytirish koeffisienti kichik bo’lsa, metrli diapazonda turniket tipidagi (ko’p kavatli) T. a. qo’llaniladi. Metrli diapazonda uzatuvchi T.a.ning kuchaytirish I koeffisienti 12-15, desimetrlida bir necha o’n birlikka teng bo’ladi. Qabul qiluvchi T.a.ning individual (tashqi yoki xonaga o’rnatiladigan) va umumiy foydalaniladigan xillari bor. Ular bir yoki kup kanalli, keng polosali bo’ladi. Umum foydalaniladigan antennalar bir yo’nalishli bo’lib, metrli va desimetrli diapazonda ishlaydi. Metrli diapazondagi signallarni bemalol qabul qilish mumkin bo’lgan joylarda bir kanalli tashqi individual antennalar, qiyin qabul qilinadigan (telemarkazdan uzok.) joylarda desimetrli antennalar qo’llaniladi. Xonaga o’rnatiladigan antennalardan telemarkazga yakin joylardagina foydalaniladi. Bularga metrli diapazonda ishlaydigan teleskopik (qisqaribuzayadigan) va lentasimon antennalar kiradi. Televizion ko’rsatuvlarni er sun’iy yuldoshi orqali uzatishda parabolik ko’zguli antenna tizimi ishlatiladi.