YULDUZ VAQTI

YULDUZ VAQTI — yulduz sutkasiga asoslangan vaqt hisobi; bahori teng kunlik nuqtasining yuqori kulminasiyadagi vaqtidan uning istalgan vaziyatda bo’lishigacha o’tgan vaqt. Yulduz vaqti yulduz soatlari yordamida soat, minut, sekundlar bilan ifodalanadi va o’rtacha Quyosh vaqtidan qisqa bo’ladi. Masalan, Yulduz vaqtidagi 1 soat o’rtacha Quyosh vaqtidagi 59 minut 50,170 sekundga teng. Har bir meridiandagi Yulduz vaqti istalgan vaqt uchun bahorgi teng kunlik nuqtasining soat burchagi (soat bilan o’lchanadigan) ga teng.