Yulduzlar

Yulduzlar – o`ta qizigan gazlardan tarkib topgan. Quyosh kabi yorug`lik chiqarib turadigan osmon jismlari. Yulduzlar Quyoshga nisbatan benihoya katta; lekin o`ta uzoqda bo`lganidan kichik ko`rinadi: Quyosh yorug`ligi Yerga 8,3 daqiqada, eng yaqin yulduzdan esa yorug`lik 4 yil-u 3 oyda keladi. Quyoshga qaraganda million marta katta va yorug` yulduzlar bor. Barcha yulduzlar soniyasiga o`nlarcha va hatto, yuzlarcha km tezlikda harakat qiladi. Osmon sferasining har ikkala yarimsharida oddiy ko`z bilan 5000 ga yaqin yulduzlar, kuchli teleskoplarda esa bir necha milliard yulduzlar ko`rinadi. Bir guruh yulduzlar to`p yulduz deyiladi, Masalan, Katta Ayiq to`p yulduzi yettita yulduzlardan iborat. Yer shari g`arbdan sharqqa aylangani uchun yulduzlar sharqdan g`arbda aylanayotganday ko`rinadi.