Yuk oboroti
Yuk oboroti – muayyan vaqt (masalan, bir yilda) transportda tashilgan yuklar majmui. Ayrim port, stansiya va transport uzellarining yuk oboroti shu punktdan jo`natilgan, shu yerga kelgan va shu punkt orqali o`tgan umumiy vazni bilan o`lchanadi. Mamlakat, r-n, ayrim temir yo`l, daryoning yuk oboroti tashilgan yuklarning hisobidagi vazni hamda qancha masofaga (km) tashib borilganligi bilan o`lchanadi va tonna-kilometr bilan ifodalanadi.