Gamma-karotaj

Gamma-karotaj — tog’jinslaridagi tabiiy gamma nurlanishni burg’i quduqlarida o’rganish usuli. Rus olimlari g. V. Gorshkov, L. M. Kurbatov, A. G. Grammakov, V. A. Shpak (1933) tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan. Tog’ jinslarida tabiiy y nurlanish tarkibida U va Th ning bo’lishi, ularning parchalanish mahsullari 24lBi, 208TL va b. hamda 40K izotoplarini mavjudligiga bog’liq. G.-k. o’tkazish uchun integral yoki spektrometrik stsintillyasiya apparatlari ishlatiladi. G.-k. uran va toriy rudalarini va ular b-n birga uchraydigan kaliyli tuzlar, slyudalar va Nodir metallarni izlash, razvedka qilish va ulardan namuna olishda qo’llaniladi.