Gazlift, erlift

Gazlift, erlift (gaz va ing. lift — ko’tarmoq) — quduqqa tushirilgan quvur orqali suyuqlik (suv, neft)ni yuqoriga chiqarish qurilmasi. Siqilgan gaz yoki havo kompressor yordamida boshqa quvur orqali suyuqlikka yuboriladi, gaz yoki havo suyuqlik b-n aralashib, gaz-suyuqlik yoki suv-havo emulsiyasini hosil qiladi. Emulsiya ikkinchi quvur orqali yuqoriga ko’tariladi. Yuqorida separator yordamida neft yoki suv, gaz yoki havodan ajratib olinadi. G. suvni 200 m gacha, neftni 1000 m gacha ko’tarishi mumkin. Suyuqliklarni yuqoriga chiqarishning boshqa texnika vositalaridan foydalanish noqulay yoki mumkin bo’lmagan hollarda g. qo’l keladi. Suyu klikni (asosan, suvni) yuqoriga ko’tarish uchun atmosfera havosidan foydalaniladigan ko’targichlar ham bor. Ular erlift yoki mamut-nasoslar deb ataladi.