GUPSAR

Ma’nosi

GUPSAR — qad. o’zbek harbiy atama- laridan biri. Qo’y yoki qoramolni yormas- dan sanoch qilib shilib, junini tozalab, ichini havo b-n to’ldirib, ustiga minib, suvdan, daryodan kechib o’tadigan mesh- ga o’xshagan moslama. Daryodan juda ko’p kishi yoki otlar, ko’plab chorva mollarni o’tkazish chog’ida qo’y yoki qoramolning bir nechtasini sanoch shaqlida shilib, terini havo b-n to’ldirib, bir-biriga bog’lab, ustiga qamish tashlab so’ngra o’tilgan.

O‘xshash so‘zlar

G harfi: barcha so‘zlar