Guttuzo (Guttuso) Renato

Guttuzo (Guttuso) Renato (1912.2.1, Sisiliya — 1987) — italyan rassomi va grafigi, jamoat arbobi. Rimdagi ba akad. (1960). Antifashistlar harakati ishtirokchisi, 2-jahon urushi davri- da qarshilik ko’rsatish harakatida qatnashgan. Italiya san’atida ijtimoiy realistik yo’nalishni boshlab bergan; xalq hayoti va inqilobiy kurash mavzui- dagi qahramonona lavhalar, zamonaviy dunyo qarama-qarshiliklari aks etgan dra- matik ta’sirchan, umumlashma shakllari b-n ajralib turuvchi asarlar muallifi. Ijodida manzara va natyurmort alohida o’rin tutadi: “otish” (1938), “bizga Xudo yor” rasmlar turkumi (1944-45; tinchlik Oltin medali, 1950), “Sisiliyadagi bo’sh erlarni egallash” (1948-50), “Garri- baldining Ammiralo ko’prigidagi Jan- gi” (1951 — 52), “olomon” (1960), “sa- vat, ombur va bolg’a” (1961), “P. Tolyatti o’limi” (1965), “Yangiliklar” kompozi- tsiyasi (1971) va b. G. ijodi italyan ras- somlari, shuningdek, Evropa mamlakat- larining bir qator rassomlari ijodiga kuchli ta’sir ko’rsatgan.