Gumboldt (Humboldt) Vilgelm
Gumboldt (Humboldt) Vilgelm (1767.22.4, Potsdam — 1835.3.4, Tegel, Berlin yaqinida) — nemis filologi, faylasufi, tilshunosi, Prussiya davlat arbobi. G. boshlang’ich maktabni cherkov- dan ajratib, Pestalossi (1746 — 1827, shveytsariyalik pedagog-demokrat) metod- larini ta’limga joriy qildi, Berlin un-tiga (xoz. G. nomi b-n ataladi) asos soldi, Prussiya fani qayta qurdi. G. — I. V. Gyote va F. Shiller zamonidagi nemis mumtoz gumanizlshning yirik va- killaridan. “Yava orolidagi Kavi tili haqida” (1836 — 39) asarida tilshu- noslikdagi qiyosiy-tarixiy metodning falsafiy asoslarini yaratdi. G. tillar- ning morfologik tasnifini ham ishlab chiqdi.