Gordiy tuguni
Gordiy tuguni – yunon afso- nasiga ko’ra frigiyalik podshoh Gordiy tomonidan bo’yinturuq arqonini arava shotisiga chital qilib bog’langan tugun. Bashoratchi kohin(Orakul)ning so’zlariga ko’ra, go’yo kimda-kim bu tugunni echa olsa, u dunyoga hokim bo’lar emish. Rivoyat qilinishicha, mil.AV. 334 y. Aleksandr (Iskandar Maqduniy)ga g. t. ni echishni taklif etganlarida u qilichi b-n tugunni chopib tashlagan. “G. t.ni chopib tashlash” (chigal, murakkab masalani tez va dadil hal qilish) iborasi shundan olingan.