Golografiya

Golografiya (Yun. holos — but- kul, to’liq va … grafil) — to’lqinlar interferentsiyasidan foydalanib bu- Yumning fazoviy (hajmiy) tasvirini hosil qilish usuli. D. Gabor kashf etgan (1948), rus fizigi yu.N. Denisyuk tako- millashtirgan (1962). G. 60-y.larda lazer yaratilgandan keyin juda tez rivojlana boshladi. G. rangli va rangsiz (oq-qora) bo’ladi. Gologramma hosil qilish uchun linza yoki yig’uvchi ko’zgu ishlatiladi. G. yoki uning bir qismini yordamchi ko- gerent to’lqin b-n nurlatib, buyumning tasvirini ko’rish mumkin. Buning uchun kogerent elektromagnit nurlar prizma yoki ko’zgu yordamida ikki nur dastasiga ajratiladi. Nur dastasining biri (aso- siy nur) ko’zgu (prizma) ga, ikkinchisi (buyum nuri) esa buyumga yo’naltiriladi. Ko’zgu va buyumdan qaytgan nurlar foto- plastinkaga tushadi, unda gologramma hosil bo’ladi. Gologramma asosiy nur b-n yoritilsa, buyum surati muallaq holda ko’rinadi (buyum suratini har tomondan ko’rish mumkin). Asosiy va buyumdan kaytgan nurlarning to’lqin amplitudasi to’lqinlar fazasiga ham bog’liq. Asosiy nur fazasi fotoplastinka kengligida (bir qirrasidan ikkinchi qirrasigacha) tekis o’zgaradi, chunki fotogotastinka- ga tushgan to’lqinlarning faza farqi buyumdan o’tgan fazasiga bog’liq. Buyum- ning har bir nuqtasidan qaytgan nurlar (to’lqinlar)ning faza farki buyum nukta- lari oralig’i yoki hajmi haqida ma’lumot beradi. Mas, .U va S’ manbalardan kelgan kogerent (monoxromatik) nurlar SS’ kes- mani teng ikkiga bo’luvchi gorizontal tekislikka bir xil fazada keladi. Bir- biriga tik nurlar dastasi qo’shilishi natijasida hosil bo’lgan gologrammani asosiy nur i, b-n yoritilsa, ya2 nurning nusxasi I2′ ko’rinadi va, aksincha, Golo- gramma P2 vertikal nur b-n yoritilsa, ya, ko’rinadi. Demak, gologramma asosiy nur b-n yoritilsa, nuqtalarning fazada- gi haqiqiy o’rni (bir-biridan uzoqligi) ko’rinadi. “Buyum nuri” yo’nalishini o’zgartirib, bitta fotoplastinkaga bir qancha gologrammani joylashtirish mum- kin. G. fizika va texnikaning turli sohalarida, ma’lumotlarni kodlashda, akustikada, uch o’lchovli kino va televi- denieda keng qo’llaniladi.