Govpechak, arxar o’ti

Govpechak, arxar o’ti (Calystegia sepium (L.R.Br.) — pechakguldoshlarga mansub ko’p yillik ildizpoyali o’t. Poyasi chirmashib, shoxlanib usadi, uz. 1,5—3 m ga etadi. Barglari bandli, o’qsimon, uchi o’tkir, ikki bo’lmali. Gullari oq yoki och pushti, gulbandi uzun. Mevasi dumaloq, bir uyali ko’p urug’li ko’sakcha. Iyun—avg. da gullaydi, iyul—sent.da mevatugadi. Bir tupi 400 ta urug’beradi. Urug’i va ildizpoyasidan ko’payadi. Maysasi apr.— iyunda ko’karadi. Ildizpoyasi sudralib usadi. Yoz bo’yi ildizpoyasidagi kurta- klardan bachki poyalar o’sib chiqadi. O’rta Osiyodagi barcha hududlarda tarqalgan. Avj olib o’sganda ekinlarni bosib keta- Di. Ariq bo’ylari, bog’larda va b. sernam joylarda uchraydi.