Globulinlar
Globulinlar (lot. globulus — sharcha) — suyultirilgan kislota va ishqorlar hamda neytral tuzlarning kuchsiz eritmalarida yaxshi, suvda esa kam eriydigan (miozinaan tashqari) glo- bulyar oqsillar; ammoniy sulfatning yarim to’yintirilgan, magniy sulfat yoki natriy sulfatning tuyintirilgan eritmasida cho’kmaga tushadi. G. sut, qon zardobi, tuxum, muskullar va o’simliklar (kanop, no’xat) urug’ida bo’ladi. O’simlik va hayvon to’qimalari tarkibiga kiradi. Qon plazmasi oqsillarining deyarli yar- mini tashkil etadi. Ko’pchilik G. oddiy oqsillar, ayrimlari esa uglevodlar, lipidlar (ayniqsa qon zardobi g.i), nu- Klein kislotalar (neyroglobulin), yod (tireoglobulin) b-n bog’langan bo’ladi. Organizmning immunlik xususiyatini (antitelolar, komplement) va qon IVI- shini (protrombin, fibrinogen va b.) ta’minlaydi; temir (transferrin, gap- toglobin), misning (tseruloplazmin) ta- shilishida va b. jarayonlarda ishtirok etadi. Gamma-globulinlar tibbiyotda keng qo’llaniladi.