Gippokrat

Gippokrat (Hippokrates), XI oslik Gippokrat (mil. AV. 5-a.ning 2-yarmi) — yunon matematigi; geometriyadan birinchi izchil qo’llanma muallifi. Bu qo’llanma, chamasi, Evklid, “Negizlar”ining dast- labki 4 kitobi mazmunini o’z ichiga ol- gan. Doira kvadraturasi masalasini xal etish uchun u uchta oycha (q. Gippokrat oychalari) kvadraturasi masalasini ech- gan. G. bir masalani echishni ikkinchi qulayroq masalani echish b-n almashti- rish usuli asoschisi hisoblanadi.