Gips-beton

Gips-beton — qurilish gipsi asosida tayyorlanadigan beton turi (q. Gips). G.-b.ni tayyorlashda tosh mineral- lar (ko’pincha, g’ovak va g’adir-budur sirt- li) va organik (yog’och qipiqlari, mayda somon va b.) to’ldirgichlardan foydala- niladi. G.-b.ga, odatda, qovushishini se- kinlashtiruvchi qo’shilmalar, shuningdek, uning suv va atmosfera ta’sirlariga chi- damliligini oshiradigan qo’shilmalar qo’shiladi. G.-b. yog’och yoki organik materi- allar b-n armaturalanadi. G.-b. asosida panellar va to’siq plitalari, ventilya- tsiya bloklari, qoplama listlar (“quruq suvoq”) va b. tayyorlanadi (q. Gips-beton buyumlar).