Televizion stantsiya
Televizion stantsiya – televizion eshittirishlarni tayyorlash va radioto’lqinlar yordamida uzatish uchun mo’ljallangan qurilma va inshootlar majmui; televizion uzatish tarmog’ining asosiy bo’g’ini. T.e. televizion markaz (telemarkaz) deb ataladigan dasturli va retranslyasion deb ataladigan uzatuvchi xillarga bo’linadi. Telemarkaz — televizion dasturlar hosil qilinadigan televizion uzatuvchi tarmoqning boshlang’ich bo’g’ini. Telemarkazning asosiy texnik bazasi apparatstudiya majmui hisoblanadi. Unga texnik apparatlar, televidenie orqali kinofilmlar ko’rsatish, televizion dastur signallarini magnit lentaga yozib olish va uni namoyish qilish (q. Videomagnitofon) jihozlari, shaharlararo aloqa liniyalari bo’yicha boshqa telemarkazlardan kelgan dasturlarni kundalik ko’rsatuvlarga kiritish apparatlari, shuningdek o’z ko’rsatuvlarini boshqa telemarkazlarga uzatuvchi apparatlar, televizion studiya (telestudiya) kiradi. Televizion studiya tovushdan izolyasiya qilingan xonadan iborat. Studiya devorlari va shipi tovush yutuvchi materiallar bilan krplanadi va kondensirlangan havo bilan majburiy shamollatadigan tizim bilan ta’minlanadi. T.e. tarkibida muharrirlar va rejissyorlar, dastur tuzish, tayyorlash hamda uni ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar uchun xonalar bo’ladi. Studiyadan tashkari joylar (teatr, studiya va b.)dan teleko’rsatishda ko’chma televizion styadan foydalaniladi. Uzatuvchi stya — tasvir signallarini tovush signallari bilan birgalikda radioto’lqinlar tarzida er sirtida tarqatishni ta’minlaydigan television ko’rsatuvchi tarmoqning oxirgi bo’g’imi. Bunga televizion radiouzatkichlar, televizion antenna va nazorato’lchash apparaturalari kiradi. Televizion antennaning tayanchi qanchalik baland bo’lsa, uzatuvchi T.s.dan shunchalik samarali foydalanishga imkon beradi.