Temperatura
Temperatura (lot. temperatura — zarur siljish, o’lchamdorlik, normal holat) — makroskopik tizimning termodinamik muvozanat holatini xarakterlovchi asosiy parametrlardan biri. Termodinamik muvozanat holatida turgan tizimning barcha qismlarining T.si bir xil bo’ladi. Agar tizim muvozanat holatdan chiqarilsa, uning issiqroq qismlaridan sovuqroq qismlariga issiqlik uzatilishi natijasida ma’lum vaqgdan so’ng tizimning hamma qismlarida T.ning tenglashishi vujudga kelib, termodinamik muvozanat holatiga qaytadi. Tizim tarkibidagi jismlarni isitish yoki sovitish, ya’ni trasini o’zgartirish ularning qariyb barcha fizik xossalariga ta’sir qiladi: jismlarning chizikli o’lchamlari, elastikligi, elektr o’tkazuvchanligi va b. xossalari o’zgaradi. T. ni o’lchash uchun bu o’zgarishlarning istalgan biridan foydalanish mumkin. T. bevosita o’lchanmaydigan kattalik. U boshka kattaliklarni o’lchash orqali anikdanadi. Mas., tizimning T.sini isitish yoki sovitish natijasida gaz hajmi yoki bosimining o’zgarishi (suyuqlik, jumladan, simobli termometrlar), o’tkazgichlarning elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) lari o’zgarishi (termoparalar) va b. orqali aniqlash mumkin. Statistik fizikasa T. termodinamik muvozanat holatdagi tizimni tashkil etgan zarralarning o’rtacha kinetik energiyalarini tavsiflovchi kattalikdir. Astrofizikada T. — muhitning fizik holatini ifodalovchi parametr. Osmon jismlarining T.sini ba’zi nazariy farazlarga asoslangan holda ularning nurlanishini o’rganish yo’li bilan aniqlanadi. T.ning quyidagi xillari mavjud: yulduz (yoki boshqa ob’ektning, mas., Quyosh toji) ning effektiv T. si — yulduz o’lchamiga teng va yulduz tarqatayotgan to’liq nurlanishni chaqara oladigan mutlak qora jism T.si. Ravshanlik T.si — berilgan yo’nalishda kuzatilayotgan muayyan to’lqin uzunlikdagi nurlanish intensivligiga teng nurlanish chiqara oladigan mutlaq qora jism T. si. Spektrofotometrik T. — kuzatilayotgan spektral sohadagi nurlanish intensivligining nisbiy taqsimlanishiga yaqin nurlanish chiqara oladigan mutlaq qora jism T.si. Spektrometrik T. spektrning turli sohalarida turlicha bo’lishi mumkin. G’alayonlash T.si — atomlarning g’alayonlash holatlari bo’yicha taqsimlanishini ifodalovchi parametr. Ionlanganlik T.si — spektral chiziqlarning nisbiy intensivligi bo’yicha aniqlanuvchi va moddaning ionlanganlik darajasini belgilovchi parametr.