TOHIRBOY3
TOHIRBOY3 – mil. AV. 2ming yillikning 2yarmiga oid qishloq xarobasi. Mari viloyati (Turkmaniston)dagi Bayramali sh.dan 12 km shim.da joylashgan. T. Z madaniy qatlamining qalinligi 2,5 m gacha bo’lib, 20 ga yaqin hududni egallagan. 1954-56 y.larda V.M. Massoy rahbarligidagi arxeologik guruh qazish ishlari olib borgan. Natijada xom g’ishtdan qilingan ko’p xonali uylar ochilib, har xil shakldagi sopol idishlar, guldonlar, qadahlar, xumchalar, tovalar, shuningdek, paykonlar, suyakdan ishlangan ma’buda haykalchalari, ko’mirga aylangan bug’doy donalari va b. ashyolar topilgan. T. 3 dan topilgan sopol buyumlar, Namozgoh 6 sopol idishlariga o’xshaydi. Sopol idishlar kulollik charxida mahorat bilan yasalgan bo’lib, xumdonlarda yaxshi pishirilgan. Xonalar tagidan va yaqinidan bir necha qabrlar ochilgan. Marhumlar qabrlarga 2 shaklda: g’ujanak qilib chap yonboshi bilan yoki chalqancha yotqizilgan holda; jasad yarim kuydirilib, chalqancha yotqizib ko’milgan. Marhumlarning bosh va oyoq qismidan sopol idishlar, bezak buyumlari topilgan. Murgob vodiysidagi ilk dehqonchilik bilan shugullanuvchilarning o’troqlashishini o’rganishda T.Z ni tekshirish katta ahamiyatga ega.