Toshkent ikkinchi tibbiyot instituti

Toshkent ikkinchi tibbiyot instituti — umumiy amaliyot shifokori va tibbiy profilaktika yo’nalishi bo’yicha tayanch oliy o’quv yurti. 1990 y. Toshkent tibbiyot inti 1 va 2tibbiyot intlariga bo’lindi. T.i.t.y.ning Fargona filiali mavjud, unda tibbiy profilaktika yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Intda 4 o’quv FTI (davolash, tibbiy profilaktika, tibbiy pedagogika, oliy ma’lumotli x.amshira), 64 kafedra, aspirantura, Markaziy i.t. va Markaziy klinik lab., 2 klinika (jami 1120 o’rinli), ilmiytibbiy axborot bo’limi, muzey, akad. lisey, kutubxona (200 mingdan ziyod asar), nashriyot va bosmaxona bor. 3200 dan ziyod talaba, shuningdek, magistratura yo’nalishida 21, tor mutaxassislik bo’yicha 250 dan ziyod rezident ta’lim oladi (2004). Int Toshkent sh.dagi yirik kasalxonalar hamda tibbiyot i.t. institutlarida qo’shimcha klinik bazalarga ega. Intda 505 o’qituvchi, shulardan 3 kishi O’zbekiston FA akad. (Sh. Sh.Karimov, M.S. Abdullaxo’jaeva, T. I. Iskandarov va b.), 113 fan dri, prof., 250 fan nomzodi va dosentlar faoliyat ko’rsatadi. T. i.t.i. drlik va nomzodlik dissertasiyalari himoyasini qabul qilish huquqiga ega. Int ilmiy to’plam va uslubiy qo’llanmalar nashr etadi.