Tokamak
Tokamak (rus. “toroidal”,. “kamera”, “magnit”, “katushka” (g’altak) so’zlarining qisqartmasi) — termoyadro reaktorlarida plazma trasini nihoyatda oshirish uchun (10 mln. gradus va undan yuqorigacha) qo’llaniladigan magnit tutqichli qurilma. U toroidal vakuum kameradan iborat. Uning ustiga kuchli (bir necha Tesla) toroidal magnit maydoni hosil qiluvchi g’altaklar kiydirilgan. Temir o’zakka qo’yilgan g’altakli kamera transformatorning ikkalamchi urami vazifasini o’taydi. O’zakka o’ralgan birlamchi chulg’amdagi tok kuchi uzgarganda kamerada uyurma elektr maydoni vujudga kelib, kamerani tuldirgan ish gazini ionlashtiradi va buylama elektr tokli toroidal plazma shnuri vujudga keladi. Bu tok plazmani qizdiradi, uning magnit maydoni esa g’altakning maydoni 6n birga plazmani devorlardan termoizolyasiyalaydi. Plazmaning trasi ko’tarilishi bilan uning elektr qarshiligi ortmaydi, aksincha, kamaya boradi g’amda ma’lum tok kuchida shnurning qizishi kamayadi. T. da tok kuchini biror chegara qiymatdan orttirib bo’lmaydi. Agar tokning magnit maydoni galtakning toroidal maydoniga nisbatan juda katta bo’lib qolsa, shnur egila boshlaydi va devorga tashlanadi. Shu sababli, plazmani 10 mln. gradus va undan yuqori tragacha qizdirish uchun T.da plazmaga tez atomlar (zaryadlangan zarralar kameraga magnit maydonga ko’ndalang ravishda uchib kirolmagan bo’lar edi) dastalarini injektsiyalash yoki kameraga yuqori chastotali elektromagnit maydon kiritib hosil qilinadigan qo’shimcha qizdirish usullaridan foydalaniladi. Shu tarzda T.dagi plazmani 70 mln. gradusgacha qizdirish mumkin. T. g’oyasi 1950 y.da boshqariladigan termoyadro sintezo’muammosi masalasini hal etish maqsadida I.E. Tamm va A.JXCaxapoe tomonidan takdim etilgan. L.K.Arsimovich rahbarligida bir nechta rus olimlari T. tipidagi tizimlarni o’rganish va ularni takomillashtirishga muhim hissa qo’shdilar. 1956 y.dan boshlab I.V.Kurchatov nomidagi atom energiyasi in1″ida bu tizimlar ustida tajriba yo’li bilan tadqiqot olib borildi.