Tojiev Qodir

Tojiev Qodir (1921.5.10 Toshkent — 2001.1.2) — diktor. O’zbekiston xalq artisti (1990). Toshkent pedagogika intini tugatgan (1938). 2jahon urushi qatnashchisi (1941-43). 1947-91 y.lar O’zteleradiokompaniyasida diktor. T. ning diktorlik uslubi yuksak aktyorlik mahorati, ko’tarinki jozibasi, ma’nodor intonasiyasi, ta’sirchanligi, sodda vatushunarliligi bilan ajralib turadi. 3 mingdan ortiq xujjatli filmga ovoz bergan. Mumtoz va zamonaviy she’riyat namunalarini ifodali, o’ziga xos, alohida mahorat bilan o’qigan. “Elyurt hurmati” ordeni (1998), “jasorat” medali (1994) bilan mukofotlangan.